Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Chirchiqdagi harbiy poligonda snaryad portlashi oqibatida vafot etdi
Namanganlik 21 yoshli yigit Chirchiqdagi harbiy poligonda snaryad qoldiqlari portlashi oqibatida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati «Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketgani» haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 21 avgust kuni dala o‘quv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida videomurojaatda murojaat qilgan ota-onalarning farzandi - Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi R.Baratov hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 21 avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Atrofdagilar uchun katta xavf manbayi bo‘lgan qurol-yarog‘, shuningdek, modda va buyumlar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, prokuror nazorati o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
20:00 / 05.06.2026
To‘rt bolaning “boshini yegan” elektromopedmi yoki?.. - Paxtachidagi fojia tafsilotlari
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
11:09 / 02.06.2026