Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand biznes va turizm markazi barpo etiladi, 50ta elektrobus olib kelinadi
Samarqandning asosiy drayverlaridan biri bo‘lgan turizm sohasida 40 ming kishi bandligi ta'minlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
“Viloyatni yurtimizning “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmi kamida 10 barobarga oshiriladi. Bunda, 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, yotoq o‘rinlar soni 22 mingtaga yetkaziladi.
Viloyatda Xalqaro kulinariya va servis maktabi tashkil etilib, o‘qitishga Fransiya, Italiya, Yaponiya, Turkiyadan yetakchi restoratorlar jalb etiladi. Shuningdek, Xalqaro gastronomik festival tashkil etiladi.
Samarqand xalqaro aeroportiga parvozlar sonini 7 barobarga oshirib, yo‘lovchilar oqimi esa yiliga 220 mingdan 1,5 million nafarga yetkaziladi. Samarqandda xab bo‘ladi. Navoiyga shuncha urindik, lekin natija ko‘ngildagidek emas. Samarqandda albatta eplaymiz. Chet eldan xususiy samolyotlar ham uchib kelishadi.
Kelgusi yilda 212 gektar yer maydonida “Samarqand biznes va turizm markazi” barpo etiladi. Unda, xalqaro kongress markazi, “Abadiy shahar” karvonsaroy majmuasi, 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar obektlar, hunarmandchilik markazi, sun'iy suv havzalari quriladi. Bu orqali 5 mingdan ziyod yoshlar bandligi ta'minlanadi.
Kelgusi yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining imtiyozli mablag‘lari hisobiga 50 ta elektrobus olib kelinadi. Umuman, viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar soni yiliga 5 millionga yetadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026