Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allik 2 barobarga qisqartiriladi - Shavkat Mirziyoyev
Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur tayyorlangan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish – eng ustuvor vazifamiz bo‘ladi. Buning uchun, kelgusi besh yilda yalpi hududiy mahsulotni 1,4 baravarga oshirib, 90 trillion so‘mga yetkazishimiz zarur. Buning uchun, avvalambor, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini kasb-hunarga o‘qitish orqali, 130 mingta ish o‘rinlari yaratiladi. Buning uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida viloyatga har yili qariyb 1 trillion so‘m imtiyozli kredit ajratiladi.
Narpay misolida tumanni “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha yangi tizim qanday ishlashi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsam. Ayni paytda tumanda 14 mingta mehnatga layoqatli aholi ish bilan ta'minlanmagan. Shu bilan birga, 4 mingta oila kambag‘al toifaga kiritilgan. Tumandagi mavjud 57 ta mahallaning 11 tasi qizil va 33 tasi sariq mahalla toifasiga kiradi.
Endi bevosita quyi bo‘g‘inda ijroni tashkil etish uchun, tumandagi mahallalarga biriktiriladigan “hokim yordamchilari” lavozimlari joriy etiladi. Ular mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish joylarni tashkil etish bo‘yicha, tizimli ishlarni tashkil etadi.
Ushbu yordamchilarga mahallada oilaviy tadbirkorlik kreditlarini berish, lider tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish va ularni jamoat ishlariga jalb qilish, yoshlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha moliyaviy instrumentlar beriladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026