Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda ko‘rsatilayotgan ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarning barchasi Samarqandda ham yo‘lga qo‘yiladi
Kelgusi besh yilda Toshkentda ko‘rsatilayotgan ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarning barchasi Samarqandda ham yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
“Ajratiladigan mablag‘lar bosqichma-bosqich 2 barobarga oshirilib, kasallikni erta aniqlash, bepul dori vositalari bilan ta'minlash va davolash choralari ko‘riladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar, Paxtachi, Pastdarg‘om, Payariq va Urgutda perinatal markazlar tashkil qilinadi. Bulung‘ur, Urgut, Ishtixon va Paxtachida 4 ta o‘tkir yurak qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etilib, gemodializ xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan 50 yil muqaddam Samarqand tibbiyoti Toshkentdan ham zo‘r bo‘lgan. Ana shunga harakat qilish kerak. Kecha Qoraqalpog‘istonda "Borib Samarqanddan o‘rganinglar" deb tavsiya qildim. Samarqandga boshqa viloyatlardan ham bemorlar kelishadi, ularga munosib xizmat ko‘rsatish kerak.
Viloyatda 25 mingdan ziyod tug‘ma nogironligi bo‘lganlar uchun Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi filiali ochiladi. Aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytirilib, Samarqand mintaqaning “tibbiyot xabi”ga aylantiriladi. Kelgusi besh yilda Toshkentda ko‘rsatilayotgan ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarning barchasi Samarqandda ham yo‘lga qo‘yiladi.
Viloyat kardiologiya markazida yurak kasalliklarining barcha turlarini davolash imkonini beruvchi zamonaviy jihozlangan kardiojarrohlik bo‘limi tashkil etiladi. Kelgusi yilda Tibbiyot instituti klinikasi negizida Mintaqaviy neyroxirurgiya markazi tashkil etilib, 10 dan ortiq jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi. Samarqandda bir yilda 25 mingdan ziyod bemor neyroxirurgiya xizmatiga muhtoj bo‘lib, ularning atigi 30 foizi viloyatda davolanadi.
Respublika xirurgiya markazi filialida 7 nafar bemorga buyrakni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, quvonarli hol, albatta. Endilikda, jigarni ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi. Onkologiya markazining moddiy-texnik bazasi yangilanib, bolalar onkoxirurgiya va kimyo terapiyasi, kaminvaziv xirurgiya amaliyoti joriy etiladi. Shu bilan birga, viloyatda ilk bor tug‘ma eshitish nuqsoni bor bolalarni to‘liq davolash yo‘lga qo‘yiladi”, dedi amaldagi prezident.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026