«Vatanim uçun qon yiğlayapman, ammo qölimdan heç narsa kelmaydi» – Toliblar tufayli mamlakatni tark etgan afğon ayol hikoyasi
|15:03 / 25.09.202152 77716 min
“Men, Suuma Aslami, Afğoniston fuqarosiman. Alişer Navoiy tuğilgan şahar – Hirotdanman. Xalqaro taşkilotda işlardim. Tartibsizliklardan söng turmuş örtoğim bilan Kanadaga boş olib ketişga majbur böldik. “Tolibon” mamlakatni egallaşi köplab afğonlar kabi mening hayotimni ham izdan çiqarib yubordi. Töğri, Aşraf Ğani davrida ham zör yaşamasdik. Ammo öşa payti odamlar kelajagi yoruğ bölişiga işonardi. Hozir esa...”
Afğoniston men uçun hamma narsani anglatardi
Afğonistondagi hayotim yomon emasdi. Kobulda xalqaro taşkilotda yaxşi hamkasblar bilan, soğlom muhitda işlardim. Şu bilan birga, magistraturada ham öqiyotgan edim, bitirişimga 2 oy qolgandi. Bundan juda hayajonda edim. Umuman olganda, baxtli inson edim. Har kuni tuşlik tanaffusida ofisimiz sport zaliga borardim. Tuşdan keyin turmuş örtoğim bilan uyimiz yaqinida qahvaxonaga borib turardik. Dam oliş kunlari bir guruh döstlarimiz bilan yiğilişib, maroqli dam olar edik.
Meni mamlakatning xavfsizlik holatigina taşvişga solardi, ammo bunga ham könikib qolgandim. Kobulni yaxşi körardim. Heç qaçon öz vatanimni tark etişni xohlamaganman. Ayrim döstlarim Afğonistonning kelajagi yöq, deyişganda jilmayib turib şunday javob qaytarardim: “Kelajakda nima bölişini heç kim bilmaydi!”Afğoniston men uçun hamma narsani anglatardi. Vatanimni sevardim.
Bir neça yil işlaganimdan söng uy sotib oldim va bir neça oy davomida uning dizayni bilan şuğullandim. Tez orada yangi uyimga köçib ötiş rejam bor edi. Toliblar Kobulga kelganidan söng darhol kvartiramga köçib ötdim, çunki yetti yil davomida bir joyda yaşaganim uçun hamma kimligim, qayerda işlaşimdan xabardor, bu esa xavfli edi. Qörquv içida kvartiramda bir neça kun yaşay oldim, xolos.
Kobuldan ketgan kunim özimni qanday his qilganimni faqat Alloh biladi. Men köp yillar davomida Vatanim ravnaqi uçun astoydil mehnat qildim. Afğonistonning köp viloyatlariga sayohat qildim, turli odamlar va jamoalar bilan uçraşib, ularning umidlari, dardlarini tingladim. Har doim yurtim va xalqimning ahvolini özgartirişni xohlardim. Lekin oxirgi 11 yil davomida qilgan mehnatimni, qurgan hamma narsamni taşlab, közlarim töla yoş va vayron bölgan qalbim bilan Vatanni tark etişga majbur böldim.
Butun his-tuyğularim, quvonçimni Kobulga taşlab, yangi hayot boşlaş uçun Kanadaga keldim. Hayotim bir kun içida ostin-ustun böldi: hamma narsamni yöqotdim. Balki, bu yerda meni yaxşiroq hayot va kelajak kutayotgandir, lekin işonçim komilki, Kobulda qolib ketgan tuyğularim boşqa qaytmaydi. Biz hayotimizni buzganlarni heç qaçon keçirmaymiz!
Har qayoqqa yugurayotgan odamlar yuzidagi qörquvni heç qaçon unutolmasam kerak
Bir oy içida Afğonistonning aksariyat şaharlari, jumladan, Kobul «Tolibon»ga taslim böldi. Bir neça kun oldin Hirotda va uning atrofida uruş bölayotganidan juda xavotirda edim, çunki men özim Hirot şahridanman, öşa kunlardagi holat meni qattiq xavotirga solar edi. «Tolibon» Hirotni qölga kiritganida, vujudimning bir qismini yöqotgandek his qildim.
Mavzuga oid
Ertasi kuni Mozori Şarifga navbat keldi. Bundan qattiq şok holatiga tuşdim, bölayotgan voqealarni tahlil qilolmaydigan darajaga tuşib qoldim. Yarim tunda telefonim jiringladi. Akam qönğiroq qilib, Kobulda uruş bölayotganini aytdi. Tezda elektron poçtam va Facebook’ni tekşirdim, u yerda uruş haqida heç qanday ma'lumot yöq edi. Aslida, Kobul umuman taslim bölmasligi kerak edi, heç bölmaganda bunçalar qisqa vaqt içida.
15 avgust kuni hamkasblarimdan biri menga qönğiroq qilib, şaharda tartibsizlik bölayotganini, odamlar banklarga şoşilayotganlarini aytdi. Bir neça kundan beri bankdagi jamğarmalarimni olmoqçi edim, ammo boşqa işlar bilan bandligim tufayli bunga vaqt ajratolmagandim. Bu gaplarni eşitib, darrov bankka qarab yöl oldim. Köça töla odam: hamma qayoqqadir şoşilyapti, yöllar tirband. Bankka boriş fikrimdan qaytib ofisimizdagi bankomatdan foydalanmoqçi böldim, afsuski, bankomat işlamayotgan ekan.
Şunda hamkasblarim bilan birgalikda ofis maşinasida boşqa bankka yöl oldik. Tirbandlik şu qadar katta ediki, AQŞ elçixonasiga yetib oliş uçun ketadigan 15 daqiqalik yölga 2 soat vaqt ketdi. Köçalar har qayerga yugurayotgan, qoçayotgan odamlar bilan töla edi. Yugurayotgan erkaklar va ayollarning yuzlaridagi qörquvni heç qaçon unutolmasam kerak. Bu orada maşinamiz yöl örtasida töxtab qoldi: odamlar köpligidan joyidan qimirlay olmasdi.
Aşraf Ğani qoçdi: özi bilan butun boşli millatning barça umid va intilişlarini olib ketdi
Nazarimda, toliblar har onda hujum qilişi mumkindek körinaverdi, qattiq qörquv va xavotir meni tark etmasdi. Ayniqsa, biz BMTning logotipi tuşirilgan maşinada bölganimiz yanada kuçliroq taşvişga solardi. Hamkasbim bilan maşinadan tuşib, uyga ketişga qaror qildik. Uyga qaytayotganimda, odamlarning qörquv töla qaraşlarini, şuningdek, ba'zi odamlarning taşqi körinişimga (kalta palto va şim) salbiy baho berayotgan qaraşlarini ham seziş qiyin emasdi.
Ba'zilar “Tolibon” kelayotgani ijobiy holat ekanligi, heç bölmaganda men kabi ayollar köçaga çiqişiga yöl qöyilmasligini aytardilar. Uyga yetib kelgunimça şunaqangi haqoratlarni köp eşitdim. Va şunda yon atrofimda qançadan qança “Tolibon” mafkurasi tarafdorlari bilan yaşayapman va ular menga öxşaganlardan qançalar nafratlanişini his qildim.
Uyga yetib kelgaç, prezident Aşraf Ğani mamlakatdan qoçgani, toliblar saroyga kirganini eşitib şok holatiga tuşdim. Men bir narsani tuşunmasdim: qanday qilib ular heç qanday qarşiliklarsiz saroyga kira oldilar? Bu lahzani ta'riflaş juda qiyin. Hamma şok holatida edi, guyoki ularning ruhlari tananing içidagi qamoqda qolib ketgandek tuyilardi. Ikki soat içida barça dökonlar, ta'lim, soğliqni saqlaş muassasalari, banklar va boşqa taşkilotlar yopildi. U yerlarda heç qanday tirbandlik qolmadi, guyoki barça odamlar ölib ketgandek.
Aşraf Ğani qoçib ketdi: özi bilan butun boşli millatning barça umid va intilişlarini olib ketdi. U mamlakatni vayron qildi, umidlarimiz bilan birga bizni tiriklayin kömdi. Endi Afğoniston yana jaholat va zulmatning girdobiga tuşdi.
Vatanni tark etiş
“Tolibon”ning kelişi uzoqqa çözilmagani qaysidir ma'noda kutilgan edi, lekin uning bu qadar tezlik bilan hokimiyatni egallaşi hammani hayratda qoldirdi. Bir neça oylar davomida oilamga nisbatan tahdidlar bölayotgandi, yurtni taşlab ketişni reja qilib yuruvdim, ammo bunçalik tez çiqib ketaman deb öylamagandim.
Kanada vizasi uçun oilaviy ariza topşirgandik. Tolibon Kobulga qirib kelganidan bir neça kun ötgaç vizamizni oldik. Asosiy muammo Kobul aeroportiga yetib oliş edi. Aeroport içidagi vaziyatni nazorat qiliş uçun köp sonli xorijiy xavfsizlik kuçlari Kobulga kirgan bölsa-da, vaziyat nazoratdan çiqib ketdi. Aeroportning şimoliy darvozasiga yetganda, Kobulni tark etiş uçun töplangan minglab odamlar töplanib turganini kördik.
Taşqi va içki xavfsizlik kuçlari xodimlari Kobul aeroportining şimoliy darvozasini qöriqlab, odamlarning kirişiga yöl qöymasdilar. Xavfsizlik kuçlari odamlarni tarqatib yuborişga urinib, öq otib, közni yoşlantiruvçi gaz işlatardilar. Ming qiyinçiliklar bilan darvozaga yaqinlaşa oldik, lekin afsuski, odamlar oqimi köpligi tufayli xavfsizlik kuçlari öq otişga majbur böldi. Vaziyat keskin yomonlaşgani tufayli hamma bir tarafga qoça boşladi.
Közni yoşlantiruvçi gaz tufayli qattiq yötalib, nafas ololmay qoldim. Biz bilan erimning ota-onasi, qarindoşlari ham bor edi. Men va turmuş örtoğim tös-töpolonda ulardan ajralib qoldik. Ular Baron lagerining darvozasi orqali aeroportga kirişga muvaffaq bölişdi. Biz esa uyga qaytişga majbur böldik.
Ikki kundan söng yana aeroportga borişga qaror qildik. Hozir harakat qilmasak, mamlakatdan çiqib ketişga boşqa imkoniyat bölmasligini bilardik. Ikkinçi marta aeroportga borganimizda, vaziyat bir neça kun oldingi holatga qaraganda yomonlaşgan, odamlar soni esa köpaygan edi. Elçixona bizdan aeroportning şimoliy darvozasiga borişni söradi, ammo u yer yopiq edi. Darvoza oldida bir keça qolişga majbur böldik, ammo u yer baribir oçilmadi.
Ertasi kuni Kanada elçixonasiga yordam sörab murojaat qildim. Ular mendan Baron lageriga yetib bora olsam, yordam bera olişlarini aytişdi. Baron lageriga yetib boriş oson iş emas edi. Ammo biz, ikkinçi kun yarim tunda Baron lageridagi ABY darvozasiga yetib borib, u yerdan aeroportga kirdik. Ertasi kuni Kanada xavfsizlik kuçlari bizni Kanada bazasiga ötkazdi.
Uçinçi kuni esa Kanada harbiy samolyoti bilan Kuvaytga, u yerdan Germaniyaga, keyin esa Kanadaga yetib bordik. Aeroportda sarson bölgan kunlarimni eslaş meni dahşatga soladi. Har eslaganimda, özimni yiğidan töxtatolmayman. Öşa yerda qançadan qança ayollar va bolalarning oyoq ostida qolib ölganini kördim. Odamlar şunçalik dahşatga tuşgandiki, “Tolibon” qiynoği ostida yaşamaslik uçun ölişga ham tayyor edilar.
Toliblar Afğonistonni 100 yil ortga qaytarib qöydi
Toliblarning oldingi olti yillik hukmronligi Afğoniston tarixidagi eng qoronği davrdir. “Tolibon” huqumati zulmat va jaholat bilan birga Afğonistonni yuz yil orqaga surdi. “Tolibon”ning hokimiyat tepasiga kelişi mavzusining özi odamlar uçun dahşatli tuş kabi edi. Afğonistonda yigirma yil davomida xorij harbiy kuçlarining faoliyat yuritganidan söng bunday bölişini heç kim kutmagandi.
Odamlar kelajakdan, ayniqsa, yoş avloddan umidvor edi. Erkaklar ham, ayollar ham yoruğ kelajak uçun öqib, işladilar, özlari orzu qilgan mamlakatlarini qurişga harakat qilayotgandilar. “Tolibon”dan keyin kelgan hukumat korrupsiya va samarasizlikka töla bölsa-da, odamlar baribir optimistik ruhda edilar.
Afğonistonliklar, ayniqsa, yoş avlod uçun “Tolibon” hokimiyat tepasiga qaytganiga işoniş juda qiyin keçdi. Çunki ular endi özlari orzu qilgan kelajakdan mahrum qilingan edilar. “Tolibon” inson huquqlariga, milliy, xalqaro qonunlar va qadriyatlarga işonmaydi. 20 yil davomida nisbatan tinç va umidli Afğonistonda yaşaganlar uçun “Tolibon” hukmronligi ostida yaşaş dahşatga tengdir.
Aşraf Ğani davrida...
Ötgan 20 yil davomida Afğoniston hukumatida mamlakatni “Tolibon” davridagi inqirozdan olib çiqiş uçun köp imkoniyatlar bölgan. Garçi Afğoniston sönggi 20 yil içida turli sohalarda katta yutuqlarga erişgan bölsa-da, islohotlar izçil olib borilmagan.
Afğonistonga milliardlab dollar oqib kelayotganiga qaramay, hukumatdagi korrupsiya va amaldorlar faoliyatining samarasizligi tufayli, afsuski, aholining turmuşi yaxşilanmadi. Oxirgi oyda esa hayoti oylik maoşiga boğliq bölgan köplab davlat xizmatçilari, öqituvçilar, xavfsizlik xodimlari va boşqalar işsiz qoldilar. Natijada vaziyat yanada yomonlaşdi.
Afğoniston hozirda nafaqat siyosiy, balki oğir iqtisodiy va gumanitar inqirozga duç kelmoqda. Odamlarning Kobul aeroportiga oqib kelişining asosiy sabablaridan biri nafaqat “Tolibon” olib keladigan qora kunlarda yaşaşni xohlamagani, balki qaşşoqlik va iqtisodiy şaroitning yomonligi ham edi. Odamlar boşqa joylarda yaxşiroq hayot keçiriş uçun har qanday yöl bilan mamlakatni tark etişni xohlaşardi, ammo bu köpçilikning hayotiga zomin böldi.
Aşraf Ğanining ketişi bozorda dollar narxining keskin kötarilişiga sabab böldi. Banklarda naqd pul yöq, Markaziy bank balansi AQŞ tomonidan muzlatilgan, odamlar özlarining bank hisoblariga kira olmasdi. Çegara yopilişi bozorda zarur mahsulotlar taqçilligiga sabab böldi, narxlar keskin kötarilib ketdi. Odamlar omon qoliş uçun öz mulklarini sota boşlaşdi.
Xotin-qizlar huquqi batamom rad etildi
“Tolibon”ning va'dalari va ularning qilgan işlari hamişa bir-biridan farq qilgan. Ular hukumatga kelganidan söng ayollarga ta'lim muassasalariga boriş, öz işi va burçini bajarişga taqiq qöydi. Ayollar mahramsiz köçaga çiqişi yoki sayohat qilişi çeklandi.
Bundan taşqari, majburiy nikoh, ayollarni zörlaş kabi holatlar, mamlakatning turli hududlarida eng köp uçraydigan ayollar huquqlari buzilişlaridan biri bölib, ularning heç biri Islom şariati qoidalariga töğri kelmaydi. Uşbu masalalar yuzasidan “Tolibon” qanday izoh berişi bizga qoronği. Ular qaysi turdagi Islom va Şariat qoidalaridan bahs etayotganlari ham tuşunarsiz. Zero, “Tolibon” qilayotgan işlar bu tamoyillarga mutlaqo zid deb hisoblayman.
Afğoniston ayollarining kelajagi noma'lum va afsuski oxirgi 20 yil içida erişilgan barça yutuqlar yöqqa çiqmoqda. Afğon ayoli sifatida toliblar yoğdirgan qora kunlarni eslar ekanman, sönggi 20 yil içida inson sifatida öz huquqlarining bir qismini qölga kirita olgan ayollar va qizlarning ahvolidan juda xavotirdaman. Afğon ayollarining kelajagi juda majhul va umidsiz körinmoqda.
“Tolibon”ga insoniyatning barça qonun-qoidalari va qadriyatlariga amal qilmagunça siyosiy qonuniylikni bermaslik kerak deb hisoblayman
Bugun Afğoniston va uning xalqi har qaçongidan ham xalqaro hamjamiyat kömagiga muhtoj. 20 yil davomida mamlakatda olib borilgan notöğri siyosat va hukumatda keng tarqalgan korrupsiya vatanimni şu holatga olib keldi. Xorij davlatlari sarflagan milliardlab dollarlar, qurbonliklar heç qanday foyda bermadi. Ammo jafokaş afğon xalqi, ayniqsa, har doim qurbon bölgan ayollar va bolalar mamlakatimizni vayron qilganlarning xatosi evaziga haq tölamasligi kerak.
Xalqaro hamjamiyat “Tolibon”ning xalqaro me'yorlarga amal qilişi, xususan, ayollar huquqlarini töliq ta'minlaşi uçun bosim ötkazişi zarur. Aksinça holatda esa “Tolibon” hukumati xalqaro doirada tan olinmasligi kerak. Jahon hamjamiyati “Tolibon”ga insoniyatning barça qonun-qoidalari va qadriyatlariga amal qilmagunça siyosiy qonuniylikni bermasligi kerak deb hisoblayman.
Men qoçib ketdim, men qörqdim
Vatanimni rivojlantiriş uçun minglab rejalarim, istaklarim bor edi. Bir kun kelib Afğonistonni tark etaman deb sira öylamagan edim. Afsuski eng qiyin şaroitda vatanimni, xalqimni taşlab ketişga majbur böldim. Endi esa vatandoşlarim baxsizligini uzoqdan turib kuzatişga mahkumman.
Afğoniston haqidagi yangiliklarni öqiganimda, öşa lahzada minglab parçalarga bölinayotgandek his qilaman.
Ba'zida özimni qörqoqdek his qilaman, çunki men qoçib ketdim (garçi bundan boşqa ilojim bölmagan bölsa ham), men qörqdim. Vijdon azobidan qiynalaman. Çunki men tinç mamlakatdaman, vatandoşlarim esa azob çekmoqda.
Yuragim xalqim va Vatanim uçun qon yiğlamoqda, qölimdan esa heç narsa kelmaydi. Içimdan nimalar ötayotganini, nimalarni his qilayotganimni faqat Alloh va men bilaman. Yagona orzuim – bir möjiza sodir bölib, vaziyatning özgarişi va bu dahşatning yakun topişi.
TDYuU katta öqituvçisi, yuridik fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Kamola Aliyeva suhbatlaşdi.