Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning BMTdagi sobiq elchisi AQShga yadroviy zarba berishga tayyorlanish kerakligini aytdi
Sha Tszukanning fikricha, birinchi bo‘lib yadroviy zarba bermaslik to‘g‘risidagi majburiyatni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi, chunki AQShning harbiy ko‘lami kengayib bormoqda.
Xitoy AQSh tashkil etayotgan yangi alyanslarga qarshilik qilish uchun yadro qurolini qo‘llashi lozim. Xitoyning BMTdagi sobiq elchisi Sha Tszukan ana shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar berdi Daily Mail.
Tszukanning fikricha, birinchi bo‘lib yadroviy zarba bermaslik to‘g‘risidagi majburiyatni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi, chunki AQShning harbiy ko‘lami kengayib bormoqda.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning hozirgi siyosati Vashingtonning mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan siyosatiga munosib javob bo‘la olmaydi.
16 sentyabr kuni AQSh, Britaniya va Avstraliya mudofaa hamkorligi to‘g‘risida kelishuv tuzdi. Alyans AUKUS (Avstraliya, Birlashgan Qirollik, AQSh) deb nomlandi. Kelishuvdan maqsad tomonlarning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi manfaatlarini himoya qilishdir.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026