Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda investitsiyalar bo‘yicha nimalar rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi
Prezidentning «2022–2024 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif etilmoqda:
2022–2024 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari. Ularda 1 025,5 trln so‘m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 41,4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan;
2022–2024 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
230 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2022 yilda yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dastur;
2022 yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari;
2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi va boshqalar.
2022 yil 1 yanvardan mazkur Dastur doirasida tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat to‘liq «Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olib borilishi taklif etilmoqda.
2022 yil 15 yanvarga qadar vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar – loyihalar tashabbuskorlari har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini axborot tizimi orqali ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
14:03 / 29.04.2026
Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va Londonda IPO boshladi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
22:20 / 16.04.2026