Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:35 / 29.09.2021
1345
1 daqiqa o‘qiladi
22 ming xonadonda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib beriladi - Shavkat Mirziyoyev
Andijon viloyatida 22 ming xonadonda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
- “Buloqboshi tajribasi” asosida 145 ming xonadonda 2,5 ming gektar uzumzor barpo etiladi. Aholi tomorqalari suv ta'minotini yaxshilash orqali 5 mingdan ortiq aholi bandligi ta'minlanadi. Masalan, Marhamat, Ulug‘nor va Bo‘ston tumanlarida 60 ta katta hajmdagi quduqlar qazilib, 2,5 ming xonadon tomorqasining suv ta'minoti yaxshilanadi.
- Yangi o‘zlashtiriladigan yerlar hamda Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq va Ulug‘norda paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobidan ozuqa ekinlari maydoni 6,5 ming gektarga kengaytiriladi.
- Bundan tashqari, har bir tumanda yiliga 2 mingta xonadonga 100 boshdan, besh yilda jami 14 million bosh parranda tarqatilib, aholining daromadi oshiriladi.
- Shuningdek, 6 ta baliqchilik klasterlari tashkil etiladi hamda 2,5 ming gektar suv havzalaridagi hosildorlik 4-5 barobar oshiriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026