Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi
2010 yilda tugatib yuborilgan Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Viloyatda kelgusi besh yilda 1 ming 100 ta davlat, davlat-xususiy sheriklik va oilaviy bog‘chalar tashkil etish hisobiga, maktabgacha ta'lim qamrov darajasi 69 foizdan 78 foizga yetkaziladi. Kelgusi besh yilda 33 ta yangi maktab quriladi, 145 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi.
Shuningdek, 2010 yilda tugatib yuborilgan Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi. Bundan tashqari, viloyatda yana 4 ta xususiy oliygoh tashkil etiladi. Natijada, oliy ta'lim qamrovi 23 foizdan 50 foizga oshadi. Davlat-xususiy sheriklik asosida 7 ming o‘rinli 16 ta talabalar turar-joylari quriladi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ham bir qator ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, budjet mablag‘lari hisobidan Andijon shahar, Andijon, Marhamat tumanlarida “Madaniyat markazi” qayta ta'mirlanadi. Bo‘ston tumanida zamonaviy “Yoshlar markazi” qurilib, foydalanishga topshiriladi. Kelgusi besh yilda viloyatdagi 23 ta sport ta'lim muassasalarida qurilish, ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026