Davlat xizmatlarini bajarishda muddatni o‘tkazib yuborganlik uchun pullarni qaytarish rejalashtirilmoqda
“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyiha prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Yo‘riqnomaning to‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish paragrafiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. DXM, “Lisenziya” axborot tizimi hamda YaIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchiga xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytarilishi haqida qo‘shimcha kiritish. Mazkur mablag‘lar Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ariza beruvchining murojaatiga asosan qaytariladi.
Bunda qaytarilgan mablag‘lar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining budjetdan tashqari va boshqa mablag‘lari hisobidan so‘zsiz (aksepsiz) tartibda undiriladi. Shuningdek, tegishli davlat xizmati uchun ochilgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga joriy tushumlarning tegishli qismi hisobidan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:14 / 06.09.2024
Rossiyada salkam 50 mln so‘m pulini ololmagan o‘zbekistonliklar ish haqi undirib berildi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
08:05 / 25.07.2024
Toshkentda fuqaroning suratini “firibgar” yozuvi bilan tarqatishini aytib, undan pul talab qilgan shaxs ushlandi
07:34 / 25.07.2024