Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Yaqin Sharqdagi tinchlik Turkiya va Rossiya munosabatlariga bog‘liqligini aytdi
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya mintaqada muhim rol o‘ynovchi mamlakatlar hisoblanadi.
Foto: TASS
Yaqin Sharqdagi tinchlik Turkiya va Rossiya munosabatlariga bog‘liq, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochidagi uchrashuv chog‘ida.
“Rossiya–Turkiya munosabatlari katta foyda keltirmoqda. Suriyadagi birgalikdagi harakatlarimiz katta ahamiyatga ega. Ushbu mintaqadagi tinchlik Rossiya–Turkiya munosabatlariga bog‘liq”, – dedi Erdo‘g‘an.
Avvalroq Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida 29 sentyabr kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda Suriya, Afg‘oniston va Liviyadagi vaziyat hamda boshqa xalqaro masalalar muhokama qilinishi aytilgandi.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, “Janob Putin bilan Sochidagi uchrashuv darhaqiqat muhim hisoblanadi, chunki Turkiya va Rossiya mintaqada muhim rol o‘ynovchi mamlakatlardir”.
Mavzuga oid
13:38
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026
Mers Putin bilan munosabatlar normallashishini «deyarli istisno etdi»
20:11 / 18.02.2026
Putin yana ikki yil urushishni rejalashtirmoqda – NYT
17:46 / 15.02.2026