Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati energetika kompaniyalariga elektr ta'minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslikka buyruq berdi
Xitoyda neft, gaz va ko‘mir narxlari oshishi fonida energetika inqirozi kuzatilmoqda.
Foto: Bloomberg
Xitoy hukumati davlat energetika kompaniyalarini qish mavsumida elektr energiya ta'minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, bu borada energetika sohasini nazorat qiluvchi bosh vazir o‘rinbosari Xan Chjen buyruq bergan.
Xitoyda neft, gaz va ko‘mir narxlari oshishi fonida energetika inqirozi kuzatilmoqda.
Avvalroq mamlakatning ayrim hududlarida ishlab chiqarish uchun elektr energiya yetkazib berish cheklangani va bir nechta korxona ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:11 / 18.02.2026
Alipay'da qanday ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish mumkin?
09:40 / 18.02.2026
YeIda Shein riteyleriga nisbatan tergov boshlandi
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:54 / 13.02.2026