Xitoyning şimoliy hududlarida elektr energiyasi yetişmovçiligi bois aholi elektr ta'minotidan uzib qöyilmoqda, ayrim zavodlar faoliyatini töxtatdi, deb xabar berdi Bloomberg.
Reuters agentligining yozişiça, xususan, Apple va Tesla kompaniyalariga butlovçi qismlar yetkazib beruvçi korxonalar yopilgan.
Qayd etilişiça, hukumatning ekologik vaziyatni yaxşilaş doirasida zararli çiqindilarni qisqartiriş böyiça çoralari hamda kömir va gaz narxining qimmatligi ana şunday vaziyat kelib çiqişiga sabab bölgan.
Mikroçiplar işlab çiqaruvçi Unimicron Technology kompaniyasi 26 sentyabrdan 30 sentyabrgaça işlab çiqarişni töxtatganini ma'lum qildi.
iPhone dinamiklari uçun detallar işlab çiqaradigan Concraft kompaniyasi beş kunga faoliyatini töxtatdi.
Tayvandagi United Microelectronics Corp va Taiwan Semiconductor Manufacturing kompaniyalari esa faoliyatini davom ettirişini bildirdi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada gaz narxi yuqoriligi sababli ayrim zavodlar faoliyatini töxtatgani xabar qilingandi.











