Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziyada davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lgani aytildi
Juma kuni mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvili Saakashvili Gruziyada qo‘lga olinganini ma'lum qildi.
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakatga kelib davlat to‘ntarishini amalga oshirishni istagan, dedi "Gruziya orzusi" hukmron partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze.
"U davlat to‘ntarishini amalga oshirish va mamlakatda tartibsizliklar keltirib chiqarish uchun Gruziyaga kelgan. Mos ravishda, huquq-tartibot organlari uning yangi jinoyatining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rdi", — dedi Kobaxidze.
Juma kuni mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvili Saakashvili Gruziyada qo‘lga olinganini ma'lum qildi.
Bungacha sobiq prezident oktyabrda o‘tadigan saylovlarga vatanga qaytishini aytgandi.
U Gruziyada qator jinoyatlarda ayblanib qidiruvga berilgandi.
Qo‘lga olingan Saakashvili Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025