Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonga 5 mln dozadan ortiq Moderna va Pfizer vaksinalarini beradi
AQSh hukumati tomonidan O‘zbekistonga 5 milliondan ortiq Moderna va Pfizer vaksinalari taqdim qilindi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» xabar bermoqda.
3 oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Vendi Sherman bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatlar o‘rtasidagi dolzarb muammolar muhokama qilingan mazkur uchrashuvda AQSh hukumati mamlakatimizga 5 mln dozadan ortiq Moderna va Pfizer vaksinalarini taqdim etishi ma'lum qilindi. Tashqi ishlar vaziri ushbu beg‘araz yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq, yurtimizga Moderna vaksinasining 3 mln dozasi hamda Pfizer/BioNTech vaksinasining 1,2 mln dozasi keltirilgan edi.
28 sentyabrdan e'tiboran O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026