Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qaytarib berish sharti bilan Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib beradi
Kuz-qish mavsumida O‘zbekiston Qirg‘izistonga 750 million kVt / soat elektr energiyasi yetkazib beradi. Qirg‘iziston energetika va sanoat vaziri Doskul Bekmurzayevning ma'lum qilishicha, Bishkek O‘zbekiston tomonidan yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun pul to‘lamaydi. Vaziyat barqarorlashganidan keyin O‘zbekiston tomoniga elektr energiyasi qaytarib beriladi.
Bundan tashqari, Turkmanistondan Qirg‘izistonga 500 million kVt / soat, Rossiyadan esa O‘zbekiston orqali 2-3 milliard kVt / soat elektr energiyasi yetkazib berilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Qirg‘iziston To‘ktogul suv omborida suv sathining pastligi tufayli so‘nggi yillardagi eng yirik energetik inqirozga duch kelmoqda. 1 oktabr holatiga ko‘ra, suv omborida atigi 12,3 milliard kubometr suv to‘plangan, qishki mavsumda mamlakatni energiya bilan ta'minlash uchun 15-16 milliard kubometr suv kerak bo‘ladi. Ushbu suv ombori O‘zbekiston va Qozog‘istonning bir qismini suv bilan ta'minlashga ham xizmat qiladi.
O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar tomonidan Qirg‘izistonga elektr energiyasi etkazib berilishidan maqsad sifatida suv omborida kelgusi sug‘orish mavsumi uchun yetarli miqdorda suv yig‘ish ko‘zda tutilmoqda.
Avvalroq, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev Kun.uz’ga bergan intervyusida Qirg‘iziston bilan energiya almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lumot bergandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ma'lum miqdordagi elektr energiyasini ortiqcha bo‘lgan paytda qo‘shni davlatga berib turishi, evaziga yozdagi uch oyda Qirg‘iziston shu elektrni qaytarib berishi aytilgandi.
Mavzuga oid
20:00
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026