O‘zbekiston | 12:28 / 07.10.2021
3716
1 daqiqa o‘qiladi

Har bir tumandan 100 nafar tadbirkor tanlab olinib, ular lokomotiv tadbirkorlarga aylantiriladi - Prezident

Sirdaryo viloyatining har bir tumanidagi 100 nafar tadbirkor har yili  aniq mezonlar asosida tanlab olinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Ushbu tadbirkorlar faoliyatini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash orqali ularni xalqaro miqyosida raqobatbardosh bo‘lgan lokomotiv tadbirkorlarga aylantiramiz.  

Mirzaobod tumani misolida ushbu tizim qanday tashkil etilishiga to‘xtalib o‘tsam. Tashkil etilgan “Loyiha guruhi” tomonidan tumanning yerosti va usti imkoniyatlari o‘rganiladi hamda mavjud resurslardan kelib chiqib, elektrotexnika sanoati bo‘yicha yangi loyiha takliflari ishlab chiqiladi.

Mazkur loyihalar tuman bo‘yicha tanlab olingan ilg‘or tadbirkorlarga taklif qilinadi hamda “Holding kompaniyasi” tomonidan shu loyihalarni sherikchilik asosida amalga oshirish uchun 50 million dollar ajratiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid