Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda piyoda og‘ir tan jarohati sabab shifoxonada vafot etdi
2021 yil 2 oktabr kuni soat 20:00larda, Namangan shahar, Davlatobod tumani, «O‘rta G‘irvon» MFY hududida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Namangan tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro «Damas» rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1953 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2 oktabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026