Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida joriy yilda 124ta yong‘in sodir bo‘lgani ma'lum qilindi
Joriy yil 9 oy davomida Samarqand shahrida 124ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhom Hamroyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 6 oktabr kuni Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhom Hamroyev ishtirokida brifing o‘tkazilgan. Brifingda I.Hamroyev 9 oy davomida qilingan ishlar va sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida hisobot bergan.
I.Hamroyevning ma'lum qilishicha, joriy yil 9 oy davomida Samarqand shahridagi 60 ming 372ta xonadonda profilaktika ishlari olib borilishiga qaramay 124ta yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inlarning asosiy qismi ochiq olovdan foydalanishda, elektr moslamalarni o‘rnatish va foydalanish qoidalariga amal qilmaslik, yosh bolalarning qarovsiz qoldirilishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Avvalroq, Samarqand viloyatida joriy yil 8 oy davomida 712ta yong‘in sodir bo‘lgani va ularning 90tasida yong‘in kelib chiqishiga yosh bolalar sabab bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026