Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiya xalqaro kompaniyalar uchun soliq miqdorini oshiradi - stavkalar pastligi bois Apple va Google bu yerda o‘z shoxobchalarini ochgandi
Bu mamlakatda soliq stavkasi 12,5 foizga teng.
Irlandiya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining xalqaro kelishuviga qo‘shildi, deb xabar berdi The Verge.
Mamlakat soliq stavkasi pastligi uchun yirik texnologiya kompaniyalarining boshpanasiga aylangandi, deb yozadi nashr. Ular odatda Irlandiyada shu'ba korxonalar tashkil etadi.
Irlandiyada 800 ga yaqin Amerika kompaniyalari joylashgan bo‘lib, ularda 180 mingga yaqin kishi ishlaydi. Apple Irlandiyadagi birinchi zavodini 1980 yilda ochgandi,hozirda unda 6 mingga yaqin kishi ishlaydi. Facebook 2008 yilda, Google esa 2003 yilda Dublinda shtab-kvartirasini ochgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining xalqaro kelishuvi xalqaro soliq qoidalarini adolatli va shaffof qilishga qaratilgan. Tashkilot hisob-kitobiga ko‘ra, ishtirokchi mamlakatlarda soliq stavkasining 15 foiz bo‘lishi yiliga 150 mlrd dollar keltiradi va xalqaro soliq tizimini barqarorlashtirishga yordam beradi.
Tashkilot rejasi bo‘yicha kompaniyalar vakolatxonasi bo‘lmasa ham mahsulotlari va xizmatlari sotilayotgan mamlakatlarda soliq to‘lashi shart.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
17:45 / 26.10.2025
Irlandiyadagi prezidentlik saylovida mustaqil nomzod g‘alaba qozondi
16:20 / 23.10.2025
Dublinda migrantlarga qarshi tartibsizliklar davom etmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
08:07 / 22.03.2025