O‘zbekiston | 13:22 / 08.10.2021
5971
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 10ta «mega-loyiha» ishga tushiriladi - Prezident

Surxondaryo viloyati iqtisodi o‘sishiga turtki beradigan 10ta “mega-loyihalar” ishga tushirilib, jami 5,1 milliard dollar investitsiyalar o‘zlashtiriladi va 22 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Xususan, Angor tumanida 1530 MegaVatt quvvatiga ega yangi bug‘-gaz elektr stansiyasini ishga tushirish uchun Niderlandiyadagi “Stoun Siti Enerdji” hamda Germaniyadagi “Simens” kompaniyalarining 1,2 milliard dollarlik, Sherobod tumanida 457 MegaVatt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish uchun Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Masdar” kompaniyasining 260 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari o‘zlashtiriladi.

Natijada, viloyat va qo‘shni hududlardagi 750 mingta xonadon va 60 mingta sanoat korxonalarining elektr energiyaga ehtiyojini to‘liq qoplash imkoniyati yaratiladi.

Xuddi shunday, Jarqo‘rg‘on tumanida rossiyalik hamkorlar bilan 150 million dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobiga mavjud konlarda neft qazib olish hajmi 5 barobar ko‘paytirilib, 250 ming tonnaga yetkaziladi.

Bundan tashqari, Sherobod tumanida pokistonlik hamkorlar bilan 150 million dollarlik hamda Boysun tumanida Janubiy Koreya investorlari bilan 100 million dollarlik jami 2,5 million tonna quvvatiga ega sement ishlab chiqarish loyihasi, Denov tumanida 30 million dollarlik miniven va kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi, Angor tumanida 23 million dollarlik tayyor poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi, Jarqo‘rg‘on tumanida 45 million dollarlik qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihasi viloyatning sanoat salohiyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi”, dedi prezidentlikka nomzod.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid