Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov hozirgi kunda qudratli davlatlarning global darajadagi raqobati oçiq-oydin va qat'iy davom etayotganini hamda bu qarama-qarşilik Markaziy Osiyo mintaqasida ham kuzatilayotganini afsus bilan ta'kidladi.
U tarixan yirik davlatlarning geosiyosiy manfaatlari va yaşirin da'volari töqnaşadigan Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari öz suvereniteti va davlat mustaqilligini mustahkamlaş, barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaş uçun zarur çoralarni körmasa, yirik kuçlarning özaro raqobati keskinlik kelib çiqişiga sabab bölişi mumkinligini aytib ötdi.
«Markaziy Osiyodagi jarayonlarda iştirok etayotgan yirik davlatlarning manfaatlari turliça bölib, ular ba'zan umumiy nuqtalarga ega böliş bilan birgalikda, ayrim hollarda özaro ziddiyatli hamdir. Bu manfaatlar qançalik xilma-xil bölsa-da, ular mavjud va tarixiy, juğrofiy omillar hamda global tendensiyalar bilan çambarças boğliq. Şubhasiz, bunday davlatlar intilişlari töqnaşuvi mintaqa mamlakatlari manfaatlariga javob bermaydi, çunki ular Markaziy Osiyo davlatlari oldiga ba'zan «geosiyosiy tanlov» şartini qöyadi va bunda bir tomonga yondaşiş boşqa tomon bilan munosabatlarda keskinlikni keltirib çiqarişi mumkin.
Tabiiyki, har qanday suveren davlat xalqaro maydonda taşqi kuçlarning manfaatlariga qarab emas, öz ehtiyojlarini hisobga olgan holda emin-erkin harakat qilişni, öz irodasini turli tomonlar bosimiga böysundirmaslikni xohlaydi. Ammo zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi «asimmetrik manfaatlar» bilan boğliq vaziyatlardan mustasno emas», degan diplomat.
Bu borada Özbekistonning taşqi siyosati ana şunday vaziyatlarning oldini olişga, milliy manfaatlar poymol bölişiga yöl qöymaslikka, şeriklikdan manfaatdor bölgan har bir tomon uçun teng huquqli, özaro manfaatli munosabatlarni ta'minlaşga qaratilgan.
«Biz dunyoning yirik davlatlari raqobati mintaqamiz mamlakatlari uçun salbiy oqibatlarga olib kelişini istamaymiz. Axir tarixga nazar taşlaydigan bölsak, afğon mojarosining kelib çiqişi dunyo böyiça tarqalgan ikkita siyosiy tizimning «sovuq uruş» yillaridagi global qarama-qarşiligi bilan boğliq ekanini köriş mumkin.
Biz u yoki bu pozitsiyani tanlaşda faqat ma'lum taşqi kuçlarning foydasinigina közlaşga majbur bölmasligimiz kerak. Bizning siyosatimiz va aniq xalqaro masalalar böyiça pozitsiyalarimiz, eng avvalo, milliy manfaatlarimiz, şuningdek, mintaqaning xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlaş zarurati bilan boğliq», deydi Abdulaziz Komilov «Yangi Özbekiston» gazetasiga bergan intervyusida.

















