Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Qirg‘iziston fuqarosi politsiya tomonidan otib o‘ldirildi
5 oktyabr kuni Pensilvaniya shtatida 28 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi politsiya tomonidan o‘q uzilishi oqibatida halok bo‘lgan.
Qirg‘izistonning Vashingtondagi elchisi Baktibek Amanbayev AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuv chog‘ida Pensilvaniya shtatida Qirg‘iziston fuqarosining politsiyachilar tomonidan otib tashlanishi holati bo‘yicha batafsil surishtiruv o‘tkazilishi kerakligini aytdi.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shuningdek, “Pensilvaniya shtati politsiya departamenti bilan ham muzokaralar o‘tkazildi”.
Mazkur masala vazirlik va Qirg‘izistonning AQShdagi elchixonasi nazoratida turibdi, deyiladi xabarda.
5 oktyabr kuni Pensilvaniya shtatida 28 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi politsiya tomonidan o‘q uzilishi oqibatida halok bo‘lgan.
Qirg‘iziston elchixonasi AQSh davlat departamenti va ichki xavfsizlik vazirligiga ushbu holatni o‘rganish bo‘yicha so‘rov yuborgan.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026