Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST immuniteti zaif odamlarni koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qildi
Ekspertlarlarning bildirishicha, immunitet tanqisligi mavjud odamlarga vaksinaning qo‘shimcha dozasi taklif qilinishi lozim, chunki ikki doza yetarli bo‘lmasligi va ular koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rishlari mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari immuniteti zaif odamlarni tashkilot tomonidan ma'qullangan koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qildi.
JSST ekspertlar strategik maslahat guruhining bildirishicha, immunitet tanqisligi mavjud odamlarga vaksinaning qo‘shimcha dozasi taklif qilinishi lozim, chunki ikki doza yetarli bo‘lmasligi va ular koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rishlari mumkin.
Ekspertlar shuningdek, ilgari Sinovac yoki Sinopharm vaksinalari bilan emlangan 60 yoshdan oshgan odamlarga ham uchinchi doza vaksina bilan emlanishni maslahat bergan.
Shu bilan birga, ekspertlar vaksinaning "buster" dozasini aholining barcha qatlamiga tavsiya qila olmasliklarini bildirgan.
Ayni paytgacha JSST tomonidan Pfizer-BioNTech, Janssen, Moderna, Sinovac, Sinopharm va AstraZeneca vaksinalari ma'qullangan.
Mavzuga oid
10:26 / 17.07.2026
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
18:29 / 03.07.2026