Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiya bosh vaziri va hukumati iste'foga chiqishini e'lon qildi
2013 yildan beri Norvegiya bosh vaziri lavozimini egallab kelgan Erna Sulberg parlament saylovlaridagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z rahbarligi ostidagi hukumat iste'foga chiqishi haqida mamlakat qiroli Xarald V’ga ma'lum qildi.
Erna Sulberg / Foto: EPA
Konservativ partiya yetakchisi bo‘lgan Sulberg bu haqda parlament a'zolarini ham xabardor qilgan. U, shuningdek, qirolga saylovlarda g‘alaba qozongan Ishchi partiya yetakchisi Yonas Gar Styoredan yangi hukumatni shakllantirishni so‘rashni tavsiya qilgan.
Sulberg va uning rahbarligi ostidagi vazirlar yangi hukumat ishlashga tayyor bo‘lmaguncha mamlakatni boshqarib turadi.
Norvegiyada sentyabrda o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra Ishchi partiya, Tsentristlar partiyasi va sotsialistlar parlamentda ko‘pchilik o‘rin olgan. Biroq ushbu partiyalar o‘zaro ziddiyatlarni yengib o‘tib, ko‘pchilik hukumatini shakllantira olishmagan. Shundan keyin Ishchi partiya va sentristlar ozchilik hukumatini shakllantirishga rozi bo‘lgan. 14 oktyabrda Norvegiya hukumatida asosiy vazirlik lavozimlarini kimlar egallashi ma'lum bo‘ladi. Yangi hukumat o‘zi taklif qiladigan har qanday taklif bo‘yicha parlament bilan muzokaralar olib borishiga to‘g‘ri keladi.
Norvegiyada qirol hokimiyatning bir hukumatdan ikkinchisiga topshirilishida muhim rol o‘ynaydi. Iste'foga ketayotgan bosh vazir qiroldan o‘z iste'fosini qabul qilishini so‘rashi kerak. Shundan keyin qirol bosh vazir bilan keyingi hukumatga kim boshchilik qilishini muhokama qiladi. Ko‘pincha bosh vazir o‘z vorisi sifatida parlament saylovlarida yutgan partiya rahbarini tavsiya qiladi. So‘ngra qirol u yoki bu siyosatchidan hukumatni shakllantirishni iltimos qiladi.
Ozchilik hukumati Norvegiyada odatiy hol hisoblanadi. Erna Sulberg bosh vazir lavozimidagi 8 yillik faoliyatining aksariyat qismini shunday sharoitda o‘tkazgan.
Mavzuga oid
19:33 / 13.02.2026
Norvegiyalik Klebo oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini takrorladi
12:10 / 13.02.2026
Yevropa kengashi sobiq bosh kotibi Yaglandning uyida tintuv o‘tkazildi
14:10 / 09.02.2026
Norvegiyalik diplomat Epshteyn bilan bog‘liqlik sabab ishdan ketdi
10:58 / 06.02.2026