Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha bosh vaziri mamlakatning YeI tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni rad etdi
Avvalroq Yevrokengash sobiq raisi, «Fuqaro platformasi» partiyasi yetakchisi Donald Tusk Polshaning YeI tarkibidan chiqishi mumkinligi to‘g‘risida gapirgandi.
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Varshavaning Yevroittifoqni tark etishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni rad etdi, deb xabar berdi Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polexit haqida hammadan ko‘proq Polsha ichidagi muxolifat gapirmoqda va bu yolg‘on.
«Muxolifat bizni YeIdan chiqib ketish orqali Polsha va Yevroittifoqni zaiflashtirishga olib kelishda ayblamoqda. Bu nafaqat yolg‘on, balki undan ham yomonroq. Bu Yevroittifoqni zaiflashtirish uchun aytilayotgan yolg‘on», — dedi Moravetskiy.
Avvalroq Yevrokengash sobiq raisi, «Fuqaro platformasi» partiyasi yetakchisi Donald Tusk Polshaning YeI tarkibidan chiqishi mumkinligi to‘g‘risida gapirgandi. Uning fikricha, Polsha rahbariyati mamlakatning Yevropadagi kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026