Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarovning familiyadoshi Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlandi
Akilbek Japarov ilgari Qirg‘iziston moliya vaziri, iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Vazirlar Mahkamasining yangi raisini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
"Sadir Japarov imzolagan farmonga muvofiq, Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – respublika prezidenti ma'muriyati rahbari etib tayinlandi", — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Chorshanba kuni Qirg‘iziston parlamenti Akilbek Japarov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi tarkibi tuzilishiga rozilik berdi.
Akilbek Japarov ilgari Qirg‘iziston moliya vaziri, iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Avvalroq Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026