Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways mahalliy aviaqatnovlar sonini oshiradi
Uzbekistan Airways 15 oktyabrdan boshlab yoz-2022 yakuniga qadar Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus shaharlariga parvozlarni oshiradi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkent - Nukus - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchta qatnov qo‘shildi: chorshanba, shanba va yakshanba kunlari. Toshkent - Nukus - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi: bagajsiz bir tomonga 408 681 so‘mdan, bagaj bilan esa 506 513 so‘mdan boshlanadi, borish va ortga qaytish bagajsiz 778 301 so‘mdan, bagaj bilan 963 611 so‘mdan boshlanadi.
- Toshkent - Urganch - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkita aviaqatnov qo‘shildi: dushanba va juma kunlari. Toshkent - Urganch - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi: bagajsiz bir tomonga 407 681 so‘mdan, bagaj bilan esa 506 653 so‘mdan boshlanadi, borish va ortga qaytish bagajsiz 803 009 so‘mdan, bagaj bilan 988 319 so‘mdan boshlanadi.
- Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkita aviaqatnov qo‘shildi: payshanba va juma kunlari. Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi: bagajsiz bir tomonga 160 602 so‘mdan, bagaj bilan 185 310 so‘mdan boshlanadi, borish va ortga qaytish bagajsiz 308 850 so‘mdan, bagaj bilan 358 266 so‘mdan boshlanadi.
- Toshkent - Termiz - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtta aviaqatnov qo‘shildi: seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bagajsiz bir tomonga 407 681 so‘mdan, bagaj bilan esa 506 653 so‘mdan boshlanadi. Borish va ortga qaytish bagajsiz 803 009 so‘mdan, bagaj bilan 988 319 so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalar narxi 12.10.2021 yil holatiga ko‘ra amal qiladi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026