Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Ligada tur yakunlari. «Real Sosedad» peshqadamga aylandi, «Real» va «Atletiko» o‘yinlari qoldirildi
Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
«Barselona» o‘z maydonida «Valensiya» ustidan g‘alaba qozondi. Gayyaning goliga Fati, Depay va Koutino javob berishdi. Serxio Aguero 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, kataloniyaliklar safidagi debyutini o‘tkazdi.
«Real Sosedad» «Malorka»ga 90-daqiqada gol urib, 20 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi. «Sevilya» Vigoda g‘alaba qozondi, «Vilyarreal» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini «Osasuna»dan qabul qilib oldi.
«Real» – «Atletik» va «Granada» – «Atletiko» o‘yinlari noma'lum muddatga qoldirildi. Chunki 15 oktabr kuni JCh-2022 Janubiy Amerika saralash bosqich bahslari o‘tkazildi, Madrid klublarining janubiy amerikalik futbolchilari esa klub ixtiyoriga qaytishga ulgurishsa-da, maydonga tushishga tayyor bo‘lishmasdi.
La Liga. 9-tur. 16-17 oktabr
Barselona — Valensiya 3:1
Gollar: Fati (13), Depay (41, penalti), Koutino (85) — Gayya (5).
Barselona – ter Stegen, Serji Roberto (Mingesa, 71), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Gavi (Niko, 71), Dest (Aguero, 87), Depay, Fati.
Valensiya – Sillessen, Fulke (Musa, 75), Gabriel Paulista, Diakabi, Gayya, Soler, Gilyamon (Koshta, 86), Vass, Gedesh (Cherishev, 75), Maksi Gomes (Valexo, 86), Duro (Andre Markos, 59).
Selta — Sevilya 0:1
Gol: Rafa Mir (54).
Selta – Dituro, Malo, Murilo, Aydu, Galan, Denis Suares, Mendes, Beltran (Galyardo, 81), Nolito (Servi, 73), Aspas, Santi Mina.
Sevilya – Bunu, Navas, Fernando, Rekik, Augustinsson, Rakitich (Suso, 53), Gudel, Jordan (Oskar Rodriges, 73), Okampos (Akunya, 73), Oliver Torres (Dileyni, 53), Rafa Mir (Lamela, 66).
Vilyarreal — Osasuna 1:2
Gollar: X.Moreno (55) — Torro (26), Chimi Avilya (87).
Vilyarreal — Rulli, Mandi, Torres, A.Moreno (Pedrasa, 46), Foyt, Parexo, Kapu (Koklen, 46), Trigeros (M.Gomes, 78), Pino (Alkaser, 78), X.Moreno, Danjuma (Chukvueze, 78).
Osasuna — Errera, D.Garsiya, U.Garsiya, Vidal, Kruz, Monkayola (Oyyer, 89), Brashanats, Torro, Sanches, K.Garsiya (Chimi Avilya, 82), R.Garsiya (Kalvo, 69).
Rayo Valekano — Elche 2:1
Gollar: Ernandes (26), Nteka (65) — Boyye (14).
Real Sosedad — Malorka 1:0
Gol: Lobete (90).
Levante — Xetafe 0:0
18 oktabr
Alaves — Betis
Espanol — Kadis

Mavzuga oid
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
12:28 / 28.10.2023
La Ligada El-klasiko, APLda Manchester derbisi, A Seriyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi. Hafta o‘yinlari anonsi
18:38 / 15.07.2023
La Liga klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda
01:31 / 16.06.2023