Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST kambag‘al mamlakatlarga koronavirusga qarshi tabletkalar yetkazib berishga qaror qildi
Ushbu sinov preparati koronavirusga qarshi dunyodagi ilk tabletka ko‘rinishidagi dori bo‘lishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kambag‘al mamlakatlarga arzon narxlarda koronavirusga qarshi testlar va tabletkalar yetkazib berishga qaror qildi. Bu haqda JSSTning ASTA tashabbusi hujjatiga asoslanib Reuters xabar berdi.
Agentlikning qayd etishicha, hujjat hozircha qoralama ko‘rinishida bo‘lib, unga muvofiq, bemorlar bir kursining narxi 10 dollarni tashkil etuvchi preparat bilan ta'minlanadi.
ACTA hujjatida qaysi doridan foydalanilishi aytilmagan. Reuters bu AQShning Merck kompaniyasi va uning hamkori Ridgeback Biotherapeutics ishlab chiqargan molnupiravir dori vositasi ekanligini taxmin qilmoqda.
Ushbu sinov preparati koronavirusga qarshi dunyodagi ilk tabletka ko‘rinishidagi dori bo‘lishi mumkin.
Oktyabr boshlarida dorining klinik sinovlari yakunlangan. AQSh regulyatori hozircha undan foydalanishga ruxsat bermadi.
Mavzuga oid
18:29 / 03.07.2026
JSST hantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:37 / 29.06.2026
Hantavirus epidemiyasi yakunlanish arafasida - JSST
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026