Zafar Hoshimov so‘nggi besh yillikda tadbirkorlar hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlarni sanadi

Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov prezident saylovlari arafasida O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida amalga oshirilgan islohotlarni e'tirof etdi va kelajakda ham bunday ishlar davom etishiga ishonch bildirdi.
«Saylovoldi kunlari haqli ravishda sarhisob davridir, o‘tgan besh yilga nazar tashlab, nimalar o‘zgarganiga baho berish chog‘i keldi.
Jamiyatimiz va mamlakatimiz uchun hamma jabhalarida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi», deydi u.
U tadbirkorlar hayotida qanday o‘zgarishlar bo‘lganini sanagan:
- Avvalambor, tadbirkorlar tahdid, tahlika, tajovuzlardan qutuldik. Behisob tekshiruv va nazoratlar bartaraf etildi. Tadbirkorlikning davlat va jamiyat oldidagi mavqeyi va obro‘si oshdi;
- Konvertatsiya ochildi: qora, oq, bozor, birja kurslari tugatilib, yagona, bozor tamoyillariga asoslangan valuta kursi o‘rnatildi.
- Pul aylanmasi sohasidagi nomutanosibliklar bartaraf etildi: naqd va naqdsiz/ plastik kartadagi pullar tafovutlari yo‘q qilindi;
- Soliq islohotlari amalga oshirildi, jumladan: 1) QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi va kelajakda 12 foizga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda; 2) Jismoniy shaxslar daromad solig‘i hamda ijtimoiy to‘lovlar hajmi keskin pasaytirildi; 3)mulk solig‘i tushirilishi ma'lum qilindi; 4) hisob faktura, cheklar, ishonchnomalar raqamli onlayn tizimga o‘tkazildi.
- Bojxona islohotlari, bojxona rasmiyatchiligi keskin qisqartirilishi, umuman olganda, tashqi iqtisodiy faoliyat erkinlashtirildi;
- Chet elliklar, mutaxassislar va turistlar kelishidagi viza cheklanuvlari deyarli tamom qilindi;
- Chet elga chiqishda ikki yillik viza bekor bo‘lishi va to‘laqonlik pasport va ID-tizimlari kiritilishi;
- Ishga xodim olishda propiska talab qilinishi bekor etilgani;
- Oliy ma'lumot qamrovini kengaytirish, yangi xususiy universitetlar ochilishi;
- Sirtqi va kechki o‘qish formatlari tiklanishi;
- Yoshlarni ishga qabul qilgan korxonalar ijtimoiy to‘lovlardan ozod etilishi;
- Makroiqtisodiy ma'lumotlar erkinligi: xalq xo‘jaligi, pul-kredit, budjet daromadlari va sarf-xarajatlari, davlat xaridlari, tashqi savdo, tashqi qarz, oltin-valuta zaxiralari, inflyatsion kutilmalar va boshqa yuzlab soha, tarmoq va makroiqtisodiy axborotlar shaffofligi;
- Yer taqsimlanishidagi shaffoflik - elektron auksion tizimi joriy qilinishi;
- Jadal xususiylashtirish, shu jumladan, qator davlat korxonalari, obektlari va banklarini xususiylashtirish sari bosilgan qadamlar;
- Eksportni qo‘llab-quvvatlash. Jumladan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportchilariga transport xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanib berilishi;
- Pandemiya davrida berilgan qator imtiyoz va erkinliklar. Va boshqa katta-katta islohotlar.
«Ushbu islohotlarni sanayversak, poyoniga yetmaymiz. Yana qanchadan qancha islohotlar bizni oldinda kutyapti.
Bundan besh yil avval prezident sayloviga bag‘ishlangan postimda men Shavkat Mirziyoyevga ovoz bergani bora turib, #umidbilan, deb heshteg qo‘ygan ekanman. Endilikda esa, bu saylovda ancha umidlarim tutilib, bu postimning yangi heshtegi - #ishonchbilan», deya yakunlagan u o‘z postini.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025