Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 4 nafar o‘zbekistonlik ayol gipnoz qo‘llash bilan firibgarlik sodir etishda gumonlanmoqda
O‘zbekistonlik 4 nafar ayol Qozog‘istonda Olmaota oblasti aholisidan tushgan shikoyatlardan keyin qo‘lga olindi. Ular gipnoz qo‘llash bilan firibgarlik sodir etishda gumonlanmoqda. Bu haqda Polisia.kz nashri xabar berdi.
17-18 oktyabrda Yenbekshikazax tumani politsiya boshqarmasiga Yesik shahri va Ko‘kto‘be qishlog‘ida yashovchi 2 fuqaro murojaat qilgan. Shikoyatchilarning ta'kidlashicha, 4 nafar ayol gipnoz yordamida ularning ishonchiga kirib, ulardan dollar va tengeda yirik qiymatda pul mablag‘lari, tilla buyumlar va qimmatbaho mobil telefonlarini o‘zlashtirib olishgan.
“O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O‘zbekistonning 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar ayol fuqarosi qo‘lga olindi. Ulardan o‘g‘irlangan tilla buyumlarning bir qismi musodara qilindi”, deb ma'lum qilingan politsiyada.
Ayollar o‘z ayblarini qisman tan olishgan. Ularning ta'kidlashicha, jabrlanuvchilar moddiy qimmatliklarni ularga o‘z ixtiyorlari bilan topshirishgan.
Ushbu hodisa yuzasidan sudgacha tergov olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmagan holda yurgan gumonlanuvchilar muayyan yashash joyi bo‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan muassasaga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026