Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hokimning mahallasi» degan tushuncha bo‘lmasligi kerak – Shavkat Mirziyoyev qurilishlardagi korrupsiya haqida gapirdi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuv chog‘ida qurilishlardagi korrupsiya mavzusiga to‘xtaldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Milliy mass-media fondi
“Jizzax viloyatida aholining uy-joy bilan bog‘liq masalalarini hal qilish maqsadida kelgusi besh yilda jami 18 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi, uy-joyga muhtoj 3 mingta ehtiyojmand oilaga 120 milliard so‘m subsidiyalar ajratiladi.
Sharof Rashidov, Zomin, G‘allaorol, Baxmal, Paxtakor va Forish tumanlarida ehtiyojga qarab, 6 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha, shifoxona, savdo markazi kabi obektlardan iborat Yangi O‘zbekiston massivlari barpo etiladi.
Shu bilan birga, Jizzax shahri aholisi bugungi kunda 180 mingdan oshib, kelgusi besh yilda 230 mingga yetishi kutilmoqda. Lekin, shaharning infratuzilmasi 50 yil ichida ancha eskirib, hali ham 50 ming aholiga mo‘ljallangan desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Sohada haligacha korrupsiya bor. Endi faqat sifatga e'tibor beriladi. Mahallani tanlashdan ham voz kechish kerak. “Hokimning mahallasi” degan tushuncha bo‘lmasligi kerak. Hamma mahallalarda qulayliklar bo‘lishi lozim. Endi zarur mablag‘ ajratiladi, lekin jamoatchilik buni nazorat qilishi kerak. Shunda inson qadri degan tushunchaga munosib ish qilgan bo‘lamiz”, – dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025