Foto: Toshkentda “Do‘stlik” bog‘i rekonstruksiyadan keyin qayta ochildi
Yakkasaroy tumanida joylashgan “Do‘stlik” (sobiq Bobur) bog‘i rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Kun.uz fotomuxbiri salqin va yomg‘irli kuz og‘ushidagi bog‘dan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: KUN.UZ
Bog‘ning ochilish marosimi 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Marosimda poytaxt hokimining o‘rinbosarlari Faxriddin Davrukov va Furqat Mahmudxo‘jayev hamda Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfuddinov ishtirok etib, bu yer aholi istaganidek qulay va sokin bog‘ bo‘lib qolishini va'da qilishdi.
“Ayni paytda bog‘dagi ta'mirlash ishlari to‘la yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, shahrimiz aholisining xohish-istagiga muvofiq, “Do‘stlik” bog‘i belgilangan muddatdan ertaroq o‘z faoliyatini boshladi”, – deyiladi shahar hokimligi axborotida.
Poytaxtning Bobur ko‘chasida joylashgan va shu nom bilan atab kelingan bog‘ 2017 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan “Do‘stlik” nomini olgan edi. Shu yili Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilib, u bog‘ yaqinidagi binoga joylashtirilgan, bog‘ mazkur qo‘mita tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan edi.
Keyinchalik Toshkentdagi qator bog‘lar singari “Do‘stlik” bog‘i ham investorga topshirildi, foydalanuvchilar uchun yopilib, qarovsiz holatda qoldirildi. 2021 yilga kelib, fuqarolar noroziligidan so‘ng Toshkent shahar hokimligi “Do‘stlik” bog‘ida ta'mirlash ishlari boshladi.
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

19:14 / 18.04.2025