Kişilarning maroqli hordiq çiqarib, kayfiyatini kötarişda madaniyat va istirohat boğlari muhim örin tutadi. Ayniqsa, dam oliş kunlari bolajonlar bunday maskanlarga olib borişingizni sörab, xarxaşa qilişlari tabiiy hol. Ularni tabiat bağriga olib çiqiş, attraksionlarda uçişidan zavq oliş kattalarning ham kayfiyatiga ijobiy ta'sir körsatadi, deb yozadi IIVning "Postda" gazetasi.

— Mana, öquv yili ham yakunlandi, — deydi poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida yaşovçi Madina Fayzullayeva. — Farzandlarimga hamma fanlardan a'lo baho olsa, yozgi ta'tilda dam oliş maskani, hayvonot boği va muzeylarga olib borişni va'da qilgandim. Tasodifan yölim tuşib, «Döstlik boği»ni bir körib ketay-çi, dedim. Sigaret çekayotgan ösmirlar, burçak-burçaklarda bir-birining pinjiga tiqilib olgan yigit-qizlar, ayniqsa, boğning xaroba ahvoldaligi hafsalamni pir qildi…

Madina opaning kuyunganiça bor: töğri, poytaxtimizda boşqa köplab dam oliş maskanlari faoliyat körsatyapti, odamlarda esa tanlaş imkoniyati mavjud. Ammo uşbu hududda yaşovçi oilalar bolalarini boşqa joylarga olib borişdan köra, şu yer yaqinligi inobatga olinadigan bölsa, fuqaroning haqli talabini kim ham qöllab-quvvatlamaydi, deysiz.

— Ança oldin kelganimda bu yer odamlar bilan gavjum edi, — deydi özini Ma'mura Odilova deb taniştirgan sirdaryolik onaxon. — Qizim şu yerga yaqin joyda yaşagani uçun nevaramni sayrga olib çiqqan edim. Köplab attraksionlar işlamasa-da, nomlarining xato yozilganini körib, nevaram ularni sanab çiqyapti. U hali 5 yoşda. Nevaramning «Buvijon, suvning rangi nega bunaqa?» degan savoliga, oçiği, qanday javob berişni bilmay qoldim. Bolalar öyinqaroq böladi. Suvda qöl yuvişi yoki bir-biriga suv sepib öynaşi mumkin-ku. Lekin bu yerdagi sun'iy kölning ifloslangan suviga qarab, har qanday ota-ona farzandini bu joyga yaqin yölatmasligi tayin.

 

Ming afsuski, boğning bugungi ahvolini körib, yuqoridagi fikrlarda jon borligiga iqror bölasiz. Sanitariya talablariga umuman javob bermaydigan suv havzasi, sun'iy köl çetidagi eski qayiqçalar, baklajka va boşqa turli çiqindilarning suv yuzasida qalqib yurişi könglingizni xira qiladi. Nomiga işlaydigan uç-tört attraksionning ham zamon talabiga javob bermasligini körib, madaniyat va istirohat boği faoliyat körsatyaptimi özi, deb öylab qolasan. Nega bu boğ bunçalik xaroba ahvolga tuşib qoldi? Nahotki, bu joy madaniy hordiq çiqariş, kiçkintoylarga quvonç ulaşiş örniga hali oq-qorani tanimagan yoşlarga xufyona uçraşadigan makonga aylanib qolgan bölsa, degan oğriqli savollar köngildan ötadi.