Şavkat Mirziyoyev asosiy boyligimiz bölgan va biz haqli ravişda faxrlanadigan köp millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini köz qoraçiğidek asraş hamda yanada mustahkamlaş Özbekistonni öz Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burçi ekanligini ta'kidladi.
"Biz faqat şu yöl bilan bugungi kunning barça tahdid va xavf-xatarlariga samarali qarşi turişimiz, jamiyatimizda turli buzğunçi ğoyalarga qarşi qat'iy immunitet yaratişimiz, özimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yölida yanada salmoqli natijalarga erişişimiz mumkin", - dedi davlatimiz rahbari.
Şu munosabat bilan Respublika baynalmilal madaniyat markazi özining köplab tadbirlarini ötkazib kelayotgan Bobur köçasidagi boğni «Döstlik boği» deb nomlaş taklifini kiritdi.
Boş vazir A.N.Aripov tegişli idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda mazkur boğ hududida Özbekistonda istiqomat qilayotgan barça elu elat vakillarining öziga xos madaniyati, urf-odatlari va pazandaçilik an'analarini namoyiş etişi uçun pavilonlar barpo qiliş loyihasini işlab çiqişi zarurligi ta'kidlandi.













