15:00 / 22.10.2021
5044

Lukashenkoning tanqididan so‘ng Belarusda niqob taqish rejimi bekor qilindi

Aleksandr Lukashenko 19 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda niqob taqish, masofa saqlash va emlash masalalarida aholiga hech qanday bosim o‘tkazmaslikni talab qilgandi.

Foto: depositphotos.com

Belarus sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 9 oktyabrda joriy etilgan majburiy niqob taqish rejimini bekor qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi qarorida majburiy niqob taqish rejimi to‘g‘risidagi band chiqarib tashlandi.

Avvalroq prezident Aleksandr Lukashenko bu chorani tanqid qilgandi.

Lukashenko 19 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda niqob taqish, masofa saqlash va emlash masalalarida aholiga hech qanday bosim o‘tkazmaslikni talab qilgandi.

«Niqob taqish, himoya vositalari, har qanday masofa saqlash va vaksinatsiya borasida fikrimni aytdim. Odamlarga hech qanday bosim o‘tkazilmasin», — deb ta'kidlagandi u.

Mavzuga oid
Top