“Istanbulga amaliyot ötaş uçun yetib kelib, joylaşganimdan söng, birinçi bölib Galata qal'asi joylaşgan Beyoğlu rayoniga bordim”, deya hikoya qiladi Uzbek.life kolumnisti Sabohat Rajabova.
Siz ham öz hikoyalaringizni biz bilan bölişmoqçi bölsangiz Telegram’da @uzbeklifebot ga murojaat qiling.
Boy va rang-barang tarixga ega bu qal'a haqida turli va qiziqarli rivoyatlar mavjud.

Galata qal'asi milodiy yilning 507 – 508 yillarida Vizantiya imperatori Yustinianus tomonidan barpo etilgan. Ayni paytda saqlanib qolgan qal'ani 1348 – 1349 yillarda jyenevaliklar qaytadan qurgan. Bugungi kungaça qal'a binosi zilzila va yonğin tufayli bir neça marta restavratsiya qilingan bölib, oxirgi marta 1967 yilda qaytadan ta'mir qilingan.

Qariyb 15 asr davomida kuzatuv minorasi, uruşda asir olingan insonlarni saqlaş joyi, zindon, kema uçun kerakli aşyolar saqlangan ombor, yonğin qal'asi va qahvaxona sifatida xizmat qilgan uşbu minora ayni paytda mehmonlar uçun muzey sifatida oçiq.

Turkiya tarixida ilk parvoz
Hezarfen Ahmed Çelebining ismi Turkiya tarixida ilk parvoz qilgan olim sifatida muhrlanib qolgan. U XVII asrda yaşagan bölib, sulton Murod IV hukmronligi davrida (1623 – 1640) faoliyat körsatgan va öz qöllari bilan qanot yasagan. Galata qal'asidan parvoz qilganligi va köp sohalarda bilimli bölganligi uçun Hezarfen, ya'ni bir neçta fanning ziyoli bilimdoni, laqabini olgan.




















