“Alloh taoloning qazoyi qadariga rozi böliş lozim”

— Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taolo marhamat qilib: “Kullu nafsin zoiiqotil mavt” deydi. Ya'ni: “Har bir nafs ölimni totguvçidir”. Har bir insonga, har bir jonga ölim kelişi muqarrar. Şu paytga kadar biror bir insonni ölimdan qoçib qutula olmagan. Şunday ekan, inson bu narsaga tayyor turişi, iqror bölişi, ölim kelganda unga rozi bölişi kerak, bunga böysuniş – Alloh taoloning qadariga rozi bölişidir. Janoza mavzusining eng katta e'tibor beriladigan jihati ana şunda. Ya'ni biz iymon-e'tiqodda Allohga iymon keltirganmiz va hayotni ham, ölimni ham Uning irodasi bilan bölişini qabul qilişimiz kerak.

U iroda qilgan payt insonni yaratadi, jon ato etadi, vaqt-soati yetganda özi bergan omonat jonni qaytarib oladi. Bandalar bunga könib, qabul qilişi kerak.

Albatta, yaqin insonidan ajraliş oson emas. Lekin bunga e'tiroz qilib, Allohga şirk keltiruvçi gaplar aytiş gunoh hisoblanadi. Xafa bölişdan, mahzunlikdan qaytarilmagan, lekin har xil tasarruflar qilib, har xil gaplar gapirişdan qaytarilgan. Alloh taoloning qazoyi qadariga rozi bölib, huznimizni izhor qilib sabr qilaman, degan fikr har bir erkak va ayolning qalbida bölişi lozim.

Tört farzi kifoya

— Dinimizda janozaga juda katta e'tibor beriladi. Musulmonning, möminning huquqlari şunçalik e'zozlab qöyilganki, bir musulmon vafot etsa, muslimlar ahli zimmasiga tört narsa yuklatiladi va bu “farzi kifoya” deyiladi. Bu şunday amallarki, faqat ayrim möminlar tomonidan ado etilsagina soqit böladi, bölmasa, barça möminlar gunohkor bölib qolişadi. Bu tört narsa: mayitni yuviş, kafanlaş, uning janozasini öqiş va olib borib dafn qiliş. Mana şularni nihoyatda odob bilan, şariatga amal qilgan holda bajarib yuzaga çiqariş kerak.

Endi umumiy qilib aytadigan bölsak, bunday bir musibat paytida Alloh taologa nisbatan odob bilan turiş kerak, mayitga nisbatan odob bilan turiş kerak. Janozada qatnaşayotgan inson öziga nisbatan ham, mayitning yaqinlariga ham odob bilan yondaşişi talab qilinadi. Mayitga nisbatan ana şu tört narsa çiroyli bajarilişi uni sönggi manzilga bekamu-köst kuzatişning payida böliş lozim. Agar ortiqça narsaga yöl qöyiladigan bölsa, bu mayitga ham aziyat keltirişi mumkin.

Yaqinidan ayrilgan inson u vafot etganidan keyin ham unga nisbatan “Nima qilsak yaxşi böladi?” degan savolni qöyişi va şunga qarab iş körişi kerak.