Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Erkak va ayollar masalasi har zamon va ham makonda tortişuvli masala bölib kelgan. Bu yerda eng köp muammolar qaysi nuqtalarda kelib çiqayotgani töğrisida töxtalib ötişni joiz deb bilamiz.
Oila, er-xotinlik munosabatlari dinimizda muqaddas rişta hisoblanadi. Bu riştani boğlaş, oila barpo qilişda katta maqsadlar közlangan. Şu sababdan har ikkala tarafga ham öziga yaraşa mas’uliyatlar, burçlar, vazifalar yuklatilgan.
Avvalo, oila qurişdan maqsad nimaligini tuşuniş lozim. Şariatimizda har bir işdan közlangan maqsad bor. Dinimizda insonning hayoti, aqli, dini, şa’ni va molini muhofaza qiliş muhim hisoblanadi va şunga yaraşa ahkomlar joriy qilinadi. Oila qurişdan maqsad – iffatni saqlaş, ya’ni ikkala tomon ham bir-birlarining iffatlarini saqlaşlari kerak böladi. Yana bir asosiy maqsad esa nasl qoldiriş. Tinç-totuv oila bunyod etiş ham maqsadlardan biri bölib, oila tinç bölsa – jamiyat ham tinç-totuv böladi. Jamiyatning salohiyatli bölişi oilalarning salohiyatli bölişiga boğliq.
Oilada er va ayolning öziga xos muştarak burç va vazifalari bor: nikohlanib, halol hayot keçiriş, bir-biriga nisbatan Allohdan qörqqan holatda munosabatda böliş lozim.

Foto: Kun.uz
Erning ayoli oldidagi burçlari
Oilada erkakning öz ayoli oldidagi burçi ikki qismga bölinadi: moddiy va ma’naviy burçlar. Moddiy burçlarga ayol kişining ta’minoti nazarda tutiladi. Bu ayolga mahr berişdan boşlanib, oila qurilgaç, uning barça ehtiyojlari: yemak-içmak, kiyim, maskan, agar qurbi yetsa, ayol uy yumuşlarida qiynalib qoladigan bölsa, uni yordamçi bilan ta’minlaş, uy jihozlari, ozodalik uçun kerakli anjomlar bilan ta’minlaş erkakning zimmasidagi burç hisoblanadi. U öz ayoli uçun bularni oğrinmasdan amalga oşirişi kerak.
Ma’naviy burçlar esa ayolga ilm beriş, uning dinini mustahkam qilişdan boşlanib, ayolga yaxşi munosabatda böliş, yaxşi yaşaş nazarda tutiladi.
Qur’oni karimda ham: “Ayollaringiz bilan yaxşi muoşaratda (yaxşi yaşaşlik) yaşang”, deb amr qilingan. Ayolini yerga urib, xörlab, unga aziyat yetkazmaslik, bee’tibor taşlab qöymaslik ham erning ma’naviy burçi hisoblanadi.













