
Sönggi vaqtlarda atrofimizda yöl-transport hodisalari haqidagi xabarlar şunçalik köpaydiki, agar yaqinlarimizga taalluqli bölmasa, ularni e’tiborga olmaydigan holatga keldik.
Ming afsuski, buning ortidan yuzlab insonlar vafot etayotgani yoki bir umrga nogiron bölib qolayotgani ham, qoidalarga rioya qilişga çaqirayotgan mutaxassis va mas’ullar ham boşqalarga dars bölmayapti. Köplar haligaça yöl qoidalariga amal qilişni öziga ep körmaydi.
Haydovçilar va piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi, yöllardagi nosozliklar, ba’zida mas’ullarning e’tiborsizligi yöllardagi avariyalarga sabab bölayotgani Islom dinida ham qoralanadi.
Bugun biz, Islom dinida yöl haqlari, yöl qoidalari amal qilişning hukmi borasida şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning fikrlari bilan bölişamiz. Hasanxon Yahyo Abdulmajid - «Yöl harakati fiqhi» mavzusida bitiruv-malakaviy işini yozib tugatgan va Özbekistonda birinçilardan bölib mavzuga ilmiy yondaşgan ahli ilmlardan hisoblanadi.
Ma’lum qilinişiça, Islomda yöl harakati qoidalari Qur’on va hadis, ulamolarning uşbu manbalardagi umumiy qoidalar asosida çiqargan hukmlari bilan tartibga solinadi. Şuningdek, Islom fuqaholari taqdim qilgan hujjatlar asosida piyoda bölsin yoki ulovda bölsin, har bir musulmon yöl harakati qoidalariga amal qilişi şar’iy jihatdan vojib ekanligiga ittifoq qilingan.
«Islomda yöl harakati qoidalari, avvalo Qur’on va hadislar asosida tartibga solinadi. Misol uçun, «Alloh taolo yer yuzidagi barça narsani sizlar uçun yaratdi» deyiladi kitobda. Demak, Yer yuzidan töliq foydalaniş asli muboh hisoblanadi va bu butun insoniyatniki deb qaraladi. Alloh taolo öz kalomida insonlarni dengiz va quruqlikda ulovlarga mindirib qöyilgani haqida söz boradi.
Hadisi şariflarda ham yölga doir odoblar juda keng yoritilgan. Yölning haqqi bor, degan tuşunça ham aslida islomda bor. Yölning haqqiga doir kelgan hadislarda 15-20taça qoidalar va odoblar keladi. Payğambarimiz alayhissalom ulovni qanday tutişni ham örgatganlar.











