«Bismillahir Rohmanir Rohiym. Qiz bolalar ta'limi xususida gapiradigan bölsak, qizlarni albatta öqitiş şart. Çunki öğil bolalar kabi ular ham Allohning bandasi, jamiyatdagi bir şaxs. Ular jamiyatning ajralmas qismi, şuning uçun ham ta'lim olişga haqli. Şariatda ayollarning ham oldilariga qöyiladigan burç va mas'uliyatlari bor. Buning uçun ular javobgar hisoblanişadi.
Har bir insonning örganişga, atrofdagilar bilan muloqotdagi ilmlarga ehtiyoji bor. Şariat – ilm dini hisoblanadi. Şuning uçun ham ilk nozil bölgan oyati karima «iqro» sözidan boşlanadi, ya'ni «öqi» deyilgan.
Erkaklar mukallaf bölgani kabi ayol-qizlarimiz ham mukallaf. Ularga ham taklifotlar, majburiyatlar, farz amallar yuklatilgan. Ayol kişi ta'lim olmasa, bularni ado etişi, qiyomatda javobgarligi uçun mas'uliyatni his qilişi qiyin. Muqaddas kitobimizda «Ey imon keltirganlar! Özingizni ham, ahlingizni ham dözax olovidan qutqaring, saqlang», deyilgan. Dözax olovidan esa faqat ilm bilan qutqariliş mumkin. Ahlingiz deyilganda esa yon-atrofdagi ularga tegişli bölgan ayollar (ona, rafiqa, qizi, opa-singillar) nazarda tutilgan. Bu kalimaning ma'nosini çuqur anglab ötgan solihlarimiz, hozirgi olimlarimiz özlariga tegişli xotin-qizlarini heç qaçon ilmsiz qoldirmaydilar. Ular uçun hayotda nimaiki örganişlari kerak bölsa, öşani örganişlari uçun şaroit yaratib berganlar. Ular uçun oxiratda söraladigan mas'uliyatlarining ham ta'limini berib boradilar.
Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamning bir hadislariga nazar soladigan bölsak, öşa davrda qul tutiş odati bor edi. Allohga hamdlar bölsinki, hozirda bunday amallar qolmadi. Ular aytdilarki: «Kim bir joriyasini (çörisini) yaxşi odob berib, ta'lim bersa va uni ozod qilsa yoxud uylaniş istagi paydo bölib oila qursa unga ikki ajr bordir». Demak, çöri xotin-qizni oilali, baxtli-saodatli qilib, ta'minlaş barobarida uni ilmli qiliş evaziga katta mukofot va'da qilingan.
Bir joriyaning ta'limiga e'tibor bergan islom şariati ozod ayollarga ta'lim oliş huquqini undan-da ziyoda etib qöygan. Ta'kidlaş kerakki, biror oyat yoki biror hadisda qizlarga ilm şart emas, ular faqat uyda ötirib öz vazifasini bajarsin, deyilmagan. Ayol kişi faqat eriga qaraşi, bolalarini boqiş bilan kifoyalanişi kerak, deyilmagan.
Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallamning barça ahli ayollari ilmli bölişgan. Ular Qur'on yodlagan, fatvo berişda, fiqhiy masalalarda öz zamonasining peşvolaridan bölişgan. Katta-katta sahobiylar kelib ulardan maslahat söraşgan. Agar bu nojoiz bölganida, undan köra xayrliroq amallar bölganda edi, avvalo payğambarimiz öşani amalga oşirgan bölardilar.












