YeXHT tomonidan 2019 yilgi parlament saylovlaridan so‘ng berilgan 32 ta tavsiyadan 18 tasi to‘la, 3 tasi qisman qabul qilingani ma'lum qilindi
YeXHT missiyasi hisobotida keltirilgan yana 8 tavsiya esa ko‘rib chiqish jarayonida.

Foto: Markaziy saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasining 2019 yilgi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha hisobotida mamlakat saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 32 ta tavsiya berilganini ta'kidladi.
Uning aytishicha, bugungi kunga kelib O‘zbekiston ulardan 18 tasini to‘la, 3 tasini qisman qabul qilgan. Tavsiyalarning yana 8 tasi esa ko‘rib chiqish jarayonida. Nizomxo‘jayev bu haqda prezident saylovini kuzatish uchun O‘zbekistonga kelgan YeXHT/DIIHBB direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qilgan.
Uchrashuvda YeXHT/DIIHBBning saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik tamoyillar va xalqaro standartlarga muvofiq ochiq va erkin saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha taklif va tavsiyalari atroflicha o‘rganilib, hayotga tatbiq etilayotgani ta'kidlangan. Xususan, DIIHBB tomonidan Saylov kodeksi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi va «Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risida»gi qonunlar loyihalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilgan.
YeXHT 1999 yildan boshlab O‘zbekistonga saylovlarni kuzatish uchun o‘zining cheklangan tarkibdagi missiyalarini muntazam ravishda yuborib kelgan. Jumladan, cheklangan tarkibdagi missiyalar 1999, 2004, 2009 va 2014 yillardagi parlament saylovlari hamda 2007 va 2015 yillardagi prezident saylovini kuzatishda ishtirok etgan.
Byuro ilk bor 2016 yilda O‘zbekistonga 32 mamlakatdan 193 nafar kuzatuvchidan iborat bo‘lgan to‘liq tarkibdagi missiyasini muddatidan oldin prezident saylovini kuzatish uchun yuborgan. So‘ngra 2019 yilda o‘zaro aloqalar tarixida birinchi marta byuro direktori Ingibyorg Gisladottir parlament saylovlarini kuzatish uchun 37 mamlakatdan 316 kuzatuvchidan tashkil topgan to‘liq missiya tarkibida O‘zbekistonga kelgan.
Shu yilning 8 oktabr kuni YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylovni kuzatish missiyasi O‘zbekistonda davom etayotgan prezidentlik saylovi kompaniyasi yuzasidan oraliq hisobotini e'lon qilgandi. Hisobotda saylovning huquqiy asosi bo‘lgan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlarda DIIHBBning avvalgi bir qator tavsiyalari hisobga olingani qayd etilgan. Jumladan saylov kampaniyasi tadbirlari to‘g‘risida 30 kun avval rozilik olish talabi olib tashlanib, o‘rniga 3 kun avval xabar qilish talabi kiritilgan. Shuningdek, davlat xizmatidagi kishilar tomonidan kampaniya o‘tkazish taqiqlanishi, oraliq kampaniya moliya hisobotlari, saylov nizolarni hal qilishdagi borasidagi sud organlarining vakolatlari ajratilishi shular jumlasidan.
Shu bilan birga, DIIHBB boshqa fundamental huquq va erkinliklarni muhofaza qilishdagi kamchiliklarga doir tavsiyalari O‘zbekiston tomonidan hali ham ko‘rib chiqilmaganini bildirgan.
“DIIHBBning ancha avvalgi tavsiyalari, jumladan ovoz berish huquqlariga, mustaqil nomzodlarni taqiqlashga va kampaniyani muqobil manbalardan moliyalashtirishga va fuqaro kuzatuvchilarga yo‘l qo‘yish hamon ko‘rib chiqilmagan. Konstitutsiyada kafolatlangan fundamental inson huquqlari va erkinliklari quyi qonunlar bilan cheklanganligicha qolmoqda. DIIHBBning avvalgi tavsiyalariga qaramay, tuhmat va obro‘ga putur yetkazish, garchi 2020 yilda ushbu qilmish uchun sanksiyalar qatoridan qamoq jazosi olib tashlangan bo‘lsa-da, hamon jinoyat hisoblanadi.
Ekstremizm keng ta'riflanib, erkin talqin va qo‘llash imkoniyatiga yo‘l qo‘yadi. 2021 yildagi konstitutsiyaga o‘zgartish bilan yig‘ilish erkinligini qonunosti aktlar bilan cheklash taqiqlandi, ammo yig‘ilish erkinligi biror maxsus qonun bilan tartibga solinmaydi. Biroq jinoyat va ma'muriy qonunlarda noqonuniy yig‘ilishlar va ro‘yxatga olinmagan uyushmalar taqiqlanadi va ular uchun jazo tayinlangan. DIIHBB avval ortiqcha yuk hosil qiladigan va ixtiyoriy qo‘llashga ochiq deb baholagan siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir qonun hujjatlari hamon o‘zgartirilmagan”, – deyiladi YeXHT tegishli byurosi hisobotida.
O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovi 2021 yil 24 oktyabrga belgilangan. Saylovda «Milliy tiklanish»dan partiya yetakchisi Alisher Qodirov, O‘zLiDePdan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova O‘zbekiston prezidentligi uchun kurash olib borishadi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00
-
O‘zbekiston bo‘yicha 1 may kunidan mahalla raislari saylovlari boshlanadi
O‘zbekiston | 16:31
-
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
O‘zbekiston | 16:23
-
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 16:21
Mavzuga oid

20:20 / 08.04.2025
“Yakkalangan davlat bo‘lmasligimiz kerak” – YeXHT Parlament assambleyasi prezidenti

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025