Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrika ittifoqi Sudanning tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatdi
Afrika ittifoqi Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk harbiylar tomonidan hibsga olingani sababli mamlakatning tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatishga qaror qildi.
Tashkilot Sudanning a'zoligini ikkinchi marta to‘xtatmoqda. Birinchi marta bu 2019 yilda yuz bergandi. O‘shanda ham Sudanda harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakatni 26 yil boshqargan prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlatilib, hibsga olingandi. O‘shanda hokimiyat tepasiga harbiylar kelgan va ular bir oydan keyin muxolifat bilan 3 yilga o‘tish hukumatini tashkil etishga kelishib olgan.
25 oktyabrda Sudanda hukumatning bir necha a'zolari, jumladan bosh vazir Abdulla Hamduk hibsga olindi. Shundan keyin Hamduk odamlarni ko‘chaga chiqishga va inqilobni himoyalashga chaqirgan. Ayni vaqtda Sudan poytaxti Xartumda tartibsizliklar yuz bermoqda.
Mavzuga oid
08:17 / 25.05.2026
Afrikadagi eng baland osmono‘par bino qurilishi yakunlanmoqda
10:59 / 09.05.2026
Urush ichidagi davlat: Malida nimalar bo‘lmoqda?
23:21 / 24.04.2026
Fillar to‘dasi amerikalik millioner-ovchini toptab o‘ldirdi
07:33 / 21.04.2026