“Köz nuri” klinikasi boş şifokori Hikmatulla Sodiqov Kun.uz'ning “Soğlom hayot” loyihasiga bergan intervyusida bugungi kunda eng köp tarqalgan köz kasalliklaridan biri –köz xiralaşişining kelib çiqiş sabablari, uni davolaş va kasallikdan saqlaniş çoralari haqida ma’lumot berdi.
Şifokorning aytişiça, ayni paytda közidan şikoyat qilib kelayotgan bemorlarning 70 foizida köriş qobiliyatining pasayişi kuzatiladi.
Körişning xiralaşuviga qanday omillar ta’sir körsatadi?
— Hozirda har 100 bemordan 70-75 nafarida köz xiraligi uçraydi. Koronavirus tarqalişidan oldin bunday bemorlar soni kamroq edi. Lekin kovidga çalinganlarda ham köz xiralaşişi paydo böla boşladi. Natijada ularning soni keskin oşdi.

Közning xiralaşişiga köplab sabablar bor. Masalan, nasldan naslga ötadigan kasalliklar. Bunda qarindoşlar orasidagi nikohdan keyin tuğilgan bolalarda kasallik köp kuzatiladi.
Şapkörlik, uzoqni körolmaslik, astigmatizm kasalliklari ham nasldan naslga ötişi mumkin. Ayniqsa, kasallik ham ota, ham ona tomonda bölsa, ularning farzandlariga ötiş ehtimoli yuqori.
Uzluksiz işlaş ham köz xiraligiga olib keladi. Bir soat işlagandan keyin 10 daqiqa közga dam beriş kerak.
Közda vitamin kamayişi hisobiga köriş xiralaşmaydi. Hozir internetda yolğon xabarlar köpaydi. Falon vitaminni içsangiz, közoynaksiz yaxşi körib ketasiz, deydi. Unaqa narsalarga işonmaslik kerak. Körişni yaxşilaş uçun tabiiy mahsulotlar, oziq-ovqatlar, oqsil, yoğ iste’mol qiliş kerak.
Köz xiraliklariga yana bir sabab – köp miqdorda şör va şirin mahsulotlar iste’mol qiliş.
Şuningdek, diabet kasalliklari, köp asabiylaşiş ham mazkur kasallikni keltirib çiqaradi. Qattiq asabiylaşiş oqibatida közlar bir kunda xira bölib qolişi mumkin. Ayniqsa, yoşi kattalar stressdan özini olib qoçişi kerak.
Köp abituriyent va talabalar köz xiraligidan şikoyat qilişmoqda














