Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz’da tanqid qilingan muammo qariyb bir yil o‘tib hal bo‘ldi
Qashqadaryoda Muborak gazni qayta ishlash zavodi yaqinida joylashgan Qarliq qishlog‘iga gaz beriladigan bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga mahalla ahli ma'lum qildi.
2020 yil 22 dekabr kuni Kun.uz’da «Zavod yonida gazning hidini hidlab yashayapmiz». Muborakdagi qishloq ahli gaz ta'minoti qayta tiklanishidan umidvor» sarlavhasi bilan tanqidiy maqola berilgandi. Maqolada Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan Qarliq qishlog‘i Muborak gazni qayta ishlash zavodi yonida joylashganiga qaramasdan, tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgani va bundan qishloq aholisi qiynalayotgani yoritilgan edi.
Ma'lum bo‘lishicha, Qarliq qishlog‘ini tabiiy gaz tarmog‘iga qayta ulash ishlari boshlanibdi. Bu haqda Energetika vaziri A.Sultonov nomidan «O‘zbekneftgaz» AJ rahbari M.Abdullayev va «Hududgazta'minot» AJ rahbari B.Eshmurotovga ko‘rsatma berilgan. Unga ko‘ra joriy yil 15 oktyabrgacha past bosimli gaz konlari hisobidan Muborak tumanidagi Qarliq va Xo‘jamuborak qishloqlarida jami 3 612 ta xonadonni tabiiy gaz tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, mazkur qishloqlarga tabiiy gaz ta'minotini qayta tiklash masalasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxfirat Xushvaqtova ham bir necha bor ko‘targan.
Kun.uz Muborak tumani hokimligi axborot xizmati bilan bog‘lanib Qarliq va Xo‘jamuborak qishloqlarining tabiiy gaz bilan ta'minlanishiga oid qilinayotgan ishlar bo‘yicha ma'lumot oldi. Unga ko‘ra har ikkala qishloqning tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishi qilinadigan ishlar hamda bu uchun kerak bo‘ladigan jihozlar hisoblangan va quvurlar masalasida yordam ko‘rsatilishini so‘rab «O‘zbekneftgaz» AJga murojaat qilingan.
Ma'lumot uchun, «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘ini tarkibiga kiruvchi Qarliq va Xo‘jamuborak qishloqlarida tabiiy gaz ta'minoti 2013 yilda uzib tashlangan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025