Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonasi faoliyatini tiklashni rejalashtirmoqda
Yevroittifoq vakili Nabila Massralining aytishicha, hozirda Afg‘onistonga YeI darajasidagi diplomatik qaytish masalasi muhokama qilinmoqda.
Foto: Getty Images
Yevroittifoq bir oy ichida Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonasi faoliyatini tiklashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Financial Times o‘z manbalariga tayanib.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Kobulda Yevropa tashqi aloqalar xizmati ofisi ochilishi mumkin.
Yevroittifoq Afg‘onistonda inson huquqlarini himoya qilish, gumanitar inqirozning oldini olishda yordam berish va mamlakatning terrorizm eksportyoriga aylanishining oldini olish kerak deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, YeI Afg‘oniston hukumati qulaganidan so‘ng ham o‘z elchixonalarini yopmagan hamda «Tolibon» bilan muloqot o‘rnatgan Xitoy, Rossiya va Turkiyaning harakatlariga ham javob qaytarmoqchi, deb hisoblaydi gazeta.
Financial Times manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, YeI o‘z diplomatik vakolatxonasini qo‘riqlash uchun Yevropadagi xususiy qo‘riqlash korxonalari xizmatidan foydalanish borasida toliblar bilan kelishishga uringan, ammo toliblar bunga rozi bo‘lmagan.
Yevroittifoq vakili Nabila Massralining aytishicha, hozirda Afg‘onistonga YeI darajasidagi diplomatik qaytish masalasi muhokama qilinmoqda, alohida mamlakatlarning diplomatik aloqalarni tiklash masalasi esa ularning ixtiyorida. Diplomatik missiyaning qaytishi «Tolibon»ning Afg‘onistondagi qonuniy hukumat deb tan olinishini anglatmaydi, deb ta'kidladi u.
Mavzuga oid
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026