Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda ochlik va qashshoqlik sabab qizlarini sotayotgan oilalar soni ko‘paymoqda – OAV
«Tolibon» hokimiyat tepasiga kelgach, Afg‘onistonda gumanitar vaziyat yomonlashib ketdi. Natijada ona-onalar tomonidan farzandlarini sotish va erta turmushga berish holatlari ko‘paygan.
Foto: Euronews
Afg‘onistonda yoshlarning erta nikohi va bola savdosi yangilik emas, biroq so‘nggi oylarda bunday holatlar ko‘paydi, deb yozmoqda Euronews.
«8 yoshli Asho 23 yoshli erkakka 300 ming afg‘oniyga (3 ming dollar) sotilgan. Shukriya endigina bir yarim yoshda, lekin otasi uni 2800 dollarga sotishga qaror qildi», deyiladi xabarda
Asho Bibigulning onasi qizini oila ochlikdan qiynalayotgani va qarzlarni to‘lashga pul kerakligi bois sotib yuborganini aytgan.
«Bizda boshqa tanlov yo‘q edi. Bu yaxshi ish emas. Alloh bizga bunday ish qilishni hech qachon buyurmagan», – deydi ayol.
Muhammad Assan esa ikki qizini ochlik va qochqinlar lagerida boshidan kechirayotgan qiyinchiliklari sabab sotishga majbur bo‘lganini ta'kidlagan.
Agar xaridorda yetali miqdorda pul bo‘lmasa, ota-onalar chorva mollari yoki qurol-yarog‘lar evaziga ham farzandlarini sotishmoqda.
«Najiba mening qizim. Men uni 50 000 afg‘oniyga (500 dollar) sotdim. Uning eri menga 25 ming (250 dollar) to‘lagan. Ikkinchi qismni to‘lashi bilanoq uni olishi mumkin», – degan boshqa bir ikki qizning otasi Kaylan.
Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng yuzaga kelgan notinch vaziyat tufayli ko‘plab afg‘onlar moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Oziq-ovqat narxlari oshdi, milliy valuta qadrsizlanib ketdi, chet el yordami kamaygan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026