O‘zbekiston | 19:46 / 28.10.2021
18434
2 daqiqa o‘qiladi

“Qarshi city”da qurilgan ko‘p qavatli uylarda turli muammolar yuzaga kelayotgani aytilmoqda

Foto: Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi city” ko‘p qavatli turar joy majmuasida turli muammolar yuzaga kelayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabar bo‘yicha Qarshi shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, Qarshi shahar, Navo mahallasi hududida qurilgan yangi 3ta 16 qavatli uylar “Agromir Building” MChJ tomonidan 2021 yilning boshida foydalanishga topshirilgan. Shundan 12-sonli ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida o‘rnatilgan 10 tonna sig‘imli ichimlik suv bakida nosozlik aniqlangan.

Foto: Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati

Ushbu nosozlikni bartaraf etish maqsadida quruvchi tashkilot hamda ko‘p qavatli uyga texnik xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv kompaniyasi tomonidan uyning yerto‘la qismida to‘planib qolgan suv maxsus nasos yordamida tortib olingan. Hozirda “Agromir Building” MChJ tomonidan ichimlik suv bakida aniqlangan nosozlikni bartaraf etish chorasi ko‘rilmoqda.

«Bugungi kunda aholiga ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida joylashgan qo‘shimcha bak orqali ichimlik suv yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, mazkur ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari oldiga o‘rindiqlar o‘rnatilib, boshqa mavjud kamchiliklar ham bartaraf etib borilayotgani ma'lum qilinadi», deyiladi munosabatda.

Mavzuga oid