Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning 12 davlati tashqi ishlar vazirlari Isroilni G‘arbiy sohilda 3 mingta uy qurish rejasidan voz kechishga chaqirdi
Ular "xalqaro huquqni buzadigan va Yaqin Sharq mojarosini ikki davlat mavjudligi asosida barqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlarga putur yetkazadigan" yahudiy maskanlari qurish siyosatiga qarshi chiqishlarini ta'kidlashgan.
Foto: Reuters
Yevropaning 12 mamlakati tashqi ishlar vazirlari Isroilni Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 3 mingdan ortiq uy qurish rejasidan voz kechishga chaqirdi.
"Biz Isroil hukumatini G‘arbiy sohilida 3 mingdan ortiq uy qurish rejasidan voz kechishga chaqiramiz", - deyiladi vazirlar bayonotida.
Ular "xalqaro huquqni buzadigan va Yaqin Sharq mojarosini ikki davlat mavjudligi asosida barqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlarga putur yetkazadigan" yahudiy maskanlari qurish siyosatiga qarshi chiqishlarini ta'kidlagan.
Hujjatni Belgiya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Fransiya va Shvetsiya diplomatlari imzolagan.
27 oktyabrda Isroil fuqaro ma'muriyatining rejalashtirish komissiyasi Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yahudiylar uchun 3144ta uy qurilishi rejasini tasdiqlagandi.
Falastin tashqi ishlar vazirligi bu tinchlik muzokaralari uchun yomon oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini ma'lum qildi.
O‘z navbatida, AQSh davlat departamenti Isroilning bu rejalari keskinlikni kuchaytirishi mumkinligini bildirgan.
Mavzuga oid
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026